4.5. Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam?
Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish yetarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi29:
xozirgi vaqtda kompaniya o’zining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi;
amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustaxkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday;
asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringa ega;
xozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami;
tarmoqning xarakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’zining pozitsiyasini ximoya qila oladimi;
Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1‑qadam ‑ tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxati to’ziladi;
2‑qadam ‑ xar bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi;
3‑qadam ‑ raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi;
4‑ qadam ‑ raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari xaqida xulosa chiqariladi;
4.6. Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi?
Yuqoridagi tahlil natijasini o’rganib, menejerlar nimaga etibor berish kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shu zaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:
tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarni xisobga olganda Korxonaning bugungi strategiyasi ma’qulmi;
Korxonaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning kalit omillariga mos keladimi;
tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi ximoya qiladimi;
qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar va ichki zaifliklardan ximoya qila olmaydi;
bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga zarar yetkaza oladimi, agar yetkaza olsa qanday zarar yetkaza oladi;
kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi;
bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;
kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha choralar ko’rish lozimmi;
Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob beradi.
Vaziyat tahlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil qiluvchi barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat taxhliliga tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?
- mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi muvaffaqiyat omillari bilan qanchalik kuchli bog’liq?
- mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan qanchalik yaxshi ximoyalangan?
- mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay oladimi?
- kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi?
- kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash, ijobiy imkoniyatlarni ko’paytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakmi?
4.7. Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Yordamchi faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Muvaffaqiyatning kalit omillari. Muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxatini to’zish tartibi
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, korxona quyidagi olti xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin30:
- yetkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi;
- yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi;
- moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi;
- arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi;
- taqsimotning narxlari maqbo’l bo’lgan yangi manbalarini topishi;
- zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi mumkin.
Qiymat bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;
- ishchilarning va qimmatbaho asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini kutarishga urinish;
- ba’zi texnologik jarayonlarni Korxonaning o’zida emas, balki chetda bajarish foydaliroq bo’lish-bo’lmasligini o’rganib chiqish;
- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;
- qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob-uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida ko’rib chiqish;
- mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo;
Korxonaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash.
Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish xam talab qilinadi. U quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- Korxonaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday o’zgarishini kutish mumkin?
- Korxonaning qanday raqobat ustunliklari bor?
Korxonaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari bo’yicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda Korxona va uning raqiblari bo’yicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi (4.3-jadval).
Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim.
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi.
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.
Dostları ilə paylaş: |