Namangan muhandislik pedagogika isntituti


Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə49/55
tarix31.03.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#91977
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

8.2. Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash

Diversifikatsiyalangan kompaniya faoliyati turlari sifatini baholashning eng keng tarqalgan usullaridan biri uning xo’jalik portfelini matritsali tahlil qilish xisoblanadi. Xo’jalik portfeli matritsasi diversifikatsiyalangan kompaniyani xar bir tarkibiy birligining strategik pozitsiyalari taqqoslangan jadval ko’rinishida bo’ladi. Matritsa, strategik tahlil pozitsiyalarni tavsiflovchi xar qanday ikkita ko’rsatkich asosida to’zilishi mumkin. Eng axamiyatli ko’rsatkichlar bo’lib, tarmoqning o’sish sur’atlari, biror ulushi, tarmoqning o’zoq muddatli jozibaliligi, raqobatbardoshlik va u yoki bu mahsulot va bozorning rivojlanish bosqichi kabilar xisoblanadilar. Odatda matritsaning bir chizig’i tarmoqning jozibaliligini ko’rsatsa, boshqasi undagi aniq faoliyat turlarining axvolini ko’rsatadi. Xo’jalik portfeli matritsalarining quyidagi xillari eng ko’p qo’llaniladi:



Eng keng qullaniladigan birinchi matritsa - ishbop faollik portfeli matritsasi turtta kvadrantdan iborat bo’lib, yetakchi konsalting kompaniyasi «Boston Konsalting Group» (BKG 12-rasm) tomonidan ishlab chiqilgan. O’q chiziqlarda tarmoqning o’sish sur’atlari va bozorning nisbiy ulushi qayd qilinadi. Xar bir xo’jalik qismi doira shaklida ifodalangan bo’lib, uning xajmi korporatsiyaning barcha turdagi faoliyatidan olingan umumiy foydasida mazkur qism foydasining ulushi bilan belgilanadi. Mazkur xo’jalik birligi bozor ulushini dollarda emas, nisbiy birlikda ifodalangan va asosiy raqobatchining nazoratidagi bozor ulushiga bo’lgan nisbati bozorning nisbiy ulushi xisoblanadi. Masalan, agar «A» biznes bozorning umumiy xajmini 15 % ni egallagan bo’lsa, yirik biznes «V» ning ulushi 30 % bo’lsa unda «A» biznesning bozordagi nisbiy ulushi 0,5 foizni tashkil etadi. Agar, «A» biznes bozorda eng katta - 40 % ulushga ega bo’lib, asosiy raqobatchi 30 % ulushga ega bo’lsa, unda «V» biznes uchun bozorning nisbiy ulushi 1,33 ga teng bo’ladi. SHunday qilib, faqatgina mos sohalarda bozor ulushi bo’yicha ilg’or bo’lgan tarmoqlarda bozorning nisbiy ulushi 10 dan yuqori bo’ladi va aksincha ulardan ustun xisoblangan bitta yoki bir nechta raqobatchilarga bo’lgan qismlarda 1,0 dan past bo’ladi.

Yulduzlar

So’rov belgilari yoki murakkab bolalar
yuqori (>1) quyi (<1)











Sog’in sigirlar

Itlar








8.1-rasm. Kompaniya xo’jalik portfelining o’sish/o’lush BKG matritsasi


So’rov belgilari yoki «murakkab bolalar» matritsaning yuqoridan ung katagiga tushgan kompaniyalarni BKG «so’rov belgilari» yoki murakkab bolalar deb ataydi. Yuqori o’sish sur’atlari ularni tarmoq no’qtai nazaridan jozibali qiladi. Lekin, bozorning nisbiy ulushini pastligi bu tarmoqlar faoliyat olib borayotgan raqiblar bilan muvaffakiyatli raqobat qila oladilarmi degan savolni quyadi. «So’rov belgilari» yoki «murakkab bolalar» ning qismati shunday.


Yuldo’zlar. Tez usayotgan tarmoqlardagi yuqori nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan kompaniyalar jadvalida yuldo’zlar deb nomlangan. CHunki ular eng ko’p foyda olish va o’sish istiqboliga ega bo’ladilar.
Sog’in sigirlar. Sekin o’sayotgan tarmoqlarda yuqori nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan kompaniyalar BKG jadvalida sog’in sigirlar deb atalgan.
Itlar. Sekin usayotgan tarmoqlardagi past nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan kompaniyalar. Bularning o’sish istiqbollari zaif bo’lib, bozorda qolok pozitsiyalarni egallaydilar. Tajriba egri chizigida ilg’orlardan keyinda turishlari ular oladigan foydaning xajmini cheklaydi.
«O’sish- o’lush» matritsasining asosiy ustunligi shundan iboratki, u naqd pullarning xarakati va xar bir biznesning investitsion ta’siridagi diqqatini qaratadi. Korporatsiyaning moliyaviy resurslarini xo’jalik birliklari o’rtasidagi qanday qilib oqilona taqsimlash mumkin degan savolga javob beradi.
«Jozibalik - pozitsiya» matritsasida xar bir xo’jalik birligining axvoli tarmoqning o’zoq muddatli jozibaligini kuchini qismining raqobatdagi pozitsiyasini son jixatdan baholash asosida aniqlanadi. Tarmoqning jozibaligi - raqobatdagi pozitsiya matritsasi «o’sish- o’lush» matritsasiga qaraganda ancha kuchli kontseptual asosga egadir.
Xayotiy tsikl matritsasi diversifikatsiyalangan kompaniyaning turli xo’jalik birliklarini tarmoqning xayotiy tsikli bosqichlari bo’yicha taqsimlanishini ko’rsatadi.
Ushbu matritsa «Menejment asoslari» kursida batafsil ko’rib chiqilgan. Undan foydalanishdan asosiy maqsad menejerga korxona portfelidagi o’rta korxonalar o’rtasidagi moliyaviy oqimlarga bo’lgan talablarni aniqlashda yordam berishdir. BKG yondashuv uchta asosiy bosqichdan iborat:
- korxona faoliyat sohasini o’rta korxonalarga bo’lish va ularning o’zoq muddatli istiqbollarini baholash;
- o’rta korxonalarlarni matritsa yordamida o’zaro taqqoslash;
-xar bir o’rta korxonalarga nisbatan strategik maqsadlarni ishlab chiqish.
BKGning asosiy tavsiyalari:
1. «Sog’in sigirlar»dan tushgan daromadlarning ortiqcha qismi tanlangan «yovvoyi mushuklar»ni rivojlantirish va rivojlanayotgan «yulduz»larni tarbiyalashga sarflanishi kerak. O’zoq muddatli maqsadlar «yulduzlar»ning pozitsiyalarini mustahkamlash va «yovvoyi mushuklarni» «yulduzlar»ga aylantirishdan iborat bo’lib, bu kompaniya portfelining jalb qiluvchanligini yanada kuchaytiradi.
2. O’zoq muddatli istiqbollari zaif yoki mavxum bo’lgan «yovvoyi mushuklar»ni shunday yechintirish kerakki, kompaniyadagi moliyaviy resurslarga bo’lgan talabning kamayishiga erishish lozim.
3. Tarmoqdagi o’rta korxonalar «kuchuk»larga aylanib qolganda kompaniya «xosilni yig’ib olish», «echintirish» yoki tugatish yordamida sohani tark etishi kerak.
4. Agar kompaniyaga «sog’in sigirlar», «yulduzlar» yoki «yovvoyi mushuklar» yetishmayotgan bo’lsa, u xolda portfelni muvozanatlash uchun yon bosib, «echintirish» kerak bo’ladi. Portfelda kompaniyaning sog’lom o’sishini ta’minlash uchun yetarli miqdorda «yuldo’zlar» va «yovvoyi mushuklar» bo’lishi xamda ularni investitsiyalar bilan ta’minlash uchun «sog’in sigirlar» mavjud bo’lishi kerak.
BKG matritsasining asosiy afzalligi turli o’rta korxonalar uchun moliyaviy mablag’larni oqimlariga qaratilishi va ushbu oqimlardan korporatsiya portfelini optimallashtirish uchun foydalanilishidir. Ammo BKG matritsasida bir qator kamchiliklar ham bor. Bu ikki o’lchamli soddalashtirilgan model bo’lib, bir qator muxim omillarni xisobga olmaydi. Bozorning kichik qismini egallagan biznes ham juda katta daromad keltirishi va kuchli raqobatli pozitsiyani egallashi mumkin. Xuddi shuningdek, o’rta korxonalarning jalb qiluvchanligini belgilovchi yagona omil emas.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin