5. Berilgan tekislikda yotgan to’g’ri chiziqning proyeksiyalarini yasash.
Agar to’g’ri chiziqning ikki nuqtasi tekislikda yotgan bo’lsa, uning hamma nuqtasi, ya’ni
to’g’ri chiziqning hammasi shu tekislikda yotadi. Shuning uchun, tekislikda yotgan to’g’ri chiziq
berilgan tekislikni ifodalovchi to’g’ri chiziqlardan hech bo’lmaganda ikkitasini kesib o’tadi.
Bundan, epyurda berilgan tekislikda yotuvchi ixtiyoriy to’g’ri chiziqning proyeksilarini
yasash uchun, proyeksiyalari berilgan yoki tekislikning berilishiga qarab yasalishi mumkin
bo’lgan bizga ma’lum to’g’ri chiziqlarda ikki nuqta topish mumkin.
Epyurda P
H
va P
V
tekislik izlar bilan berilgan bo’lib bu tekislikda birorta ixtiyoriy to’g’ri
chiziq olish kerak.
Tekislikni gorizontal izda M` nuqtani, frontal izda N`` nuqtani belgilab olamiz.
Nuqtalarni ikkinchi proyeksiyalari (M``N`) OX o’qida bo’ladi. Bir xil nomli proyeksiyalarni
o’zaro tutashtirishdan hosil bo’lgan chiziqlar (M`N` va M``N``) berilgan P tekislikda yotgan MN
to’g’ri chiziqni proyeksiyalaridir. To’g’ri chiziqning gorizontal izi M` nuqtada frontal izi N``
nuqtada joylashgan.
Yuqorida tahlil qilingandan quyidagi qioda kelib chiqadi: tekislikda yotgan to’g’ri
chiziqning bir nomli izlari tekislikning bir nomli izlarida, chiziqning gorizontal izida, frontal izi
frontal izda,profil izi esa profil izda yotadi.
9-shakl
10-shakl
2. Tekislikdagi nuqtadan o’tgan va uning biror to’g’ri chiziqga parallel bo’lgan to’g’ri
chiziq ham xuddi shu tekislikda yotadi.12 – shaklda uchburchak ABC bilan tasvirlangan
tekislikmning C nuqtasidan uning AB chizig’iga parallel qilib o’tkazilgan CD (C`D`; C``D``)
to’g’ri chiziq shu ABC tekislikda yotgan chiziqdir.
Dostları ilə paylaş: |