Sharqiy Osiyo davlatlarida aholi sonini ortishi avtomobil yo’llariga salbiy ta’siri.
Sharqiy Osiyo davlatlarida xarakat havfsizligini tashkil etish.
Sharqiy Osiyo davlatlari. Bu tama ostida Osiyo qit’asining sharqiy mintaqasi tushiniladi. Geografik Sharqiy Osiyoning yuzasi 12,000,000 km2 ni tashkil etadi. Aholisi 1,5 milliarddan ko’p. Osiyodagi tabiiy o’lka. Sharqiy Osiyoning katta qismi G’arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasida joylashgan. Vulkan ko’p seysmik faol zona. Sharqiy Osiyoga Xitoy, Koreya davlat Demokratik Respublikasi, Koreya Respublikasi, Mo’g’iliston va Yaponiya kabi davlatlar kiradi. Ushbu davlatlarda aholi soni zich joylashgan bo’lib aholi soni o’sishi yuqori sanaladi.
Sharqiy Osiyo davlatlarida aholi soni ortishi bir qancha muammolarni olib keladi. Masalan aholi soni ortishi bu transport sohasidagi ehtiyojni oshishiga olib keladi. Bunda yo’llardagi tirbadliliklar kelib chiqadi, Xitoy Respublikasi bunga misol bo’lishi mumkin. Avtomobillar soni haddan ko’p oshishi yo’llarning bu qiymat talabiga javob beraolmasligiga olib kelmoqda, shu muammo orqali xarakat havfsizligi koeffitsienti kamayib ketmoqda. Avtomobil yo’llarida harakat soni ko’pligi tufayli ushbu davlatlarda yo’l transport hodisasi soni yuqori, uzundan-uzun tirbandliklar tufayli piyodalar harakatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Tirbandlik orqali atrof muhitga juda katta zarar yetkazlimoqda.
Sharqiy Osiyo davlatlari avtomobil ishlab chiqarishda yetakchilardan sanaladi, shu bilan bir qatorda eng zamonaviy transport tizimlari va avtomobil yo’llari mavjud. Yo’llarning bugungi kun talabiga to’liq javob bersada aholining keskin o’sishi bu talablarni eskirtiradi. Xitoyda xalqaro logistic ahamyatdagi yo’llar ko’p bo’lgani uchun yuk avtomobillari va tashuvchi transportlar soni ortishi yo’llardagi tirbandlik va muammolarni kel;tirib chiqarmoqda.
Sharqiy Osiyo davlatlari taraqqiyoti kuchli bo’lganligi, u yerda texnologiyalarni rivojlanganligi uchun bu davlatlarda chorraxalar yangi texnologiya va jihozlar bilan jixozlangan. Shunga qaramay yo’llardagi muammolar bartaraf etilmagan. Lekin yillar davomida ularni qisqartirishga erishilmoqda. Xarakat havfsizligini tashkil qilish uchun avtomagistrallar, pullik yo’llar va shu kabi yo’llarni qurilishini bunga misol qilishimiz mumkin.
Sharqiy Osiyo davlatlarida bu muammoga yechimlar qidirilmoqda. Aholi sonini kamaytirish va uni oldini olish uchun bola ko’rish sonini cheklab qo’yish, piyoda va velosipedda harakatlanishni tashkil etish orqal bu muammoning bir qismini oldini olinmoqda.