Asosiy qism
Korhona yoki tashkilot haqida umumiy ma’lumotlar.
Men amaliyotimni Naoiy viloyati Qiziltepa tumani Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazida o‘tadim. davlat xizmatlari markazida fuqarolar murojaatlari bo’yicha bir qancha xizmatlar yo’lga qo’yilgan. Xizmat turlari:
Tug‘ilganlikni qayd etish.
FHDYo organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish.
Takroriy guvohnomalar berish.
Notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish.
Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish.
Va shu kabi yana boshqa turdagi xizmatlar yo’lga qo’yilgan bo’lib fuqarolar uchun qulaylik yaratilgan
Davlat xizmatlari markazida axborot va kommunikatsiya soxasiga juda katta e’tibor qaratilgan. Shu sababdan markazda ishlaydigan xodimlarning barchasi kompyuterni yaxshi tushinishadi va bu fuqarolarning murojaatlarini hal qilishda oson va samarali hisoblnadi. Bunga misol qilib markazdagi odamlar navbatining avvalgi raqamlashtirilmagan tizimga taqqoslab ko’rsak bo’ladi. Raqamlashtirilgan tizim insonlar uchun vaqtni tejash va samaradorlikni oshirishga juda katta yordam berdi.
Respublikada davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 73 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinib, davlat organlari tomonidan ushbu ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarur.
Shu bilan birga, bu yil 404 ming yoshlar o‘rta ta’limni, 151 ming nafari professional ta’limni bitirib, mehnat bozoriga kirib keladi. Ularni to‘g‘ri yo‘naltirib, bandligini ta’minlash – dolzarb vazifa” hisoblanadi bunda.
Axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasini o‘z vaqtida shakllantirish
quyidagilarnita’minlaydi:
- tashkilot va fuqarolar uchun davlat xukumat organlari bilan o‘zaro xamkorlikning elektron usullariga murojaat qila olishni oshirish, aholining davlat boshqaruv organlari bilan o‘zaro xamkorligi uchun sarflanadigan vaqtni kamaytirish;
- davlat boshqaruv organlarining davlat xizmatlarini taqdim etish va elektron ko‘rinishdagi davlat vazifalarini bajarish harajatlarini kamaytirish;
- umumdavlat ahamiyatidagi bir turli vazifalarni bajarish uchun davlat byudjeti harajatlarini ularni markazlashgan holda bajarish hisobiga kamaytirish;
- davlat xukumati organlari orasida operativ ximoyalangan axborot almashinuvi uchun yagona texnologik platforma.
Ish jarayonida xizmat ko’rsatish zamon talabiga mos ravishda kompyuterlar yordamida tez va ishonchili bajarilishi uchun sifatli internet bilan ta’minlangan
Korhona yoki tashkilotdagi axborot texnik vositalar tahlili.
Davlat xizmatlari markazidagi mavjud kompyuterlarning tarmoqqa bog’liqligi, tarmoq sifati tekshirildi. Kompyuterlar uchun kerakli dasturlar: MS Access, Microsoft Office, E-imzo dasturlari va boshqa muhim dasturlar o‘rnatildi va ishlash uchun tayyor holatga keltirildi. Amaliyot o’taydiganlar uchun kompyuterlardagi dasturlar qanday ishlashi va turli xil hujjatlar bilan ish olib borish haqida boshlang’ich tushunchalar va bilimlar berildi. Kompyuterdan to‘g’ri, maqsadli foydalanish tushuntirildi.
Dostları ilə paylaş: |