Namangan muhandislik-qurilish instituti


VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə6/7
tarix08.04.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#94987
1   2   3   4   5   6   7
2 КУРС Atrof muxit va tabiy resurslar iqtisodiyoti 2022 (5)

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Ma’ruzalar; real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish; esse, tezis va maqola yozish; vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadi) yechish; jarayonli – yo‘naltirilgan ta’lim; muhokamalarda ishtirok etish; kichik guruhlarda ishlash; loyiha ishi bajarish; mustaqil ishlarni bajarish; taqdimot tayyorlash; turli darajadagi testlarni echish; so‘rov o‘tkazish.

5.

VII. Kreditlarni olish uchun talabalar:
Oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test yoki yozma ishni topshirish.
Fandan talabalarni baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida amalga oshiriladi.
Fan doirasida 2 ta oraliq nazorat (ON) va yakuniy nazorat (YaN) olinadi. Xususan:
1-ON uchun talabaga:

  1. 1-10 mavzular bo‘yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishiga olgan bahosi;

  2. 1-10 amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha olgan bahosi;

  3. 1- mustaqil ish mavzulari asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi.

1-ON bo‘yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi, talabaning 1-ON dan o‘tmaganligini anglatadi va 2-ON ga ruxsat berilmaydi. 1-ON ni topshirishni oxirgi muddati 2-ON ning boshlanish sanasigacha. 1-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda 2-ON ga ruxsat beriladi.


2-ON uchun talabaga:

  1. 11-21 mavzular bo‘yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishiga olgan bahosi;

  2. 11-21 amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha olgan bahosi;

  3. 2-3- mustaqil ish mavzusi asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi.

2-ON bo‘yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi talabaning 2-ON dan o‘tmaganligini anglatadi va YaN ga ruxsat berilmaydi. 2-ON ni topshirishning oxirgi muddati YaN ning boshlanish sanasigacha. 2-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda YaN ga ruxsat beriladi.
YaN da talabaga barcha o‘tilgan mavzular doirasida tuzilgan savollar bo‘yicha yozgan yozma ish uchun baho qo‘yiladi. YaNdan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda talaba fanni o‘zlashtirgan xisoblanadi va 6 kreditga ega bo‘ladi.

6.


Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin