Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi. Mingbuloq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 13-umumiy o’rta talim maktabi Huquqshunoslik va tarbiya fani o’qituvchisi Sobirov Tohirjonning V sinf Tarbiya fanidan tayyorlagan konspekti olgan bo`lsangiz s sanaJami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism
I. Tashkiliy qism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. Bugun quyidagilarni o’rganami. 1. Dastlabki kitoblar qanday paydo bo‘lgan? 2. Nima uchun kitob o‘qish muhim hisoblanadi? 3. Kitoblarni qanday va nima sababdan asrash lozim? Diqqat bilan o‘qing Qadim zamonlarda inson xotirasi tajriba, voqealar va insonlar haqidagi axborotni saqlash va yetkazib berishning yagona vositasi bo‘lgan. Tarixda yozuvga ega bo‘lmagan tamaddunlar ham ma’lum, bunday tamaddunlarda zarur bo‘lgan ma’lumotlarning ulkan hajmi yod olingan. Insoniyat alifbo ixtiro etib, so‘zlarni yozishni o‘rganganida birinchi qo‘lyozma kitoblar papirusga (o‘simliklardan tayyorlangan qog‘oz), pergament (qo‘zichoqlar terisi)ga yozilgan. Qog’oz ilk bor Xitoyda paydo bo’lgan. Dastlab qog’ozni tut daraxti po‘stlog‘idan tayyorlashgan. Yevropaliklar qog‘ozni matolardan tayyor laganlar. XIX asrga kelib qog‘ozni yog‘ochdan tayyorlay boshladilar. Birinchi bosma uskunani buyuk nemis novatori Iogann Guttenberg ixtiro qilgan. Bu ixtiro kitoblarni yaratish jarayonini tezlashtirish va arzonlashtirish imkoniyatini berdi. Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. “Samarqand qog‘ozi” nomi bilan dunyoga tanilgan ushbu mehnat mahsuli Buyuk ipak yo‘lida eng ko‘p xarid qilinadigan noyob tovarga aylandi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi esa elektron kitoblar paydo bo‘lishi va ommalashishiga olib keldi. Mulohaza uchun “Yosh kitobxon” tanlovining 15–19 yosh toifasi bo‘yicha Respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Kokanova Nursulu mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdi va Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi. Mazkur bosqichda “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni”, “Buyuk mutafakkir va adib” hamda “She’riyat” kabi shartlar bo‘yicha bellashildi. Kokanova Nursulu: “Kitob – eng yaxshi do‘st, eng kuchli tarbiyachi ekanini angladim. O‘zimda ma’naviy ulg‘ayishni his qildim. Bu kabi tanlovlar tashkil etilishi yoshlarni bilim olishga, kitob bilan do‘stlashishga o‘rgatadi”. Yüklə 0,66 Mb. Dostları ilə paylaş: |