Assalom, Navoiy
(A.Navoiyning tavalludining575 yilligiga bag'ishlangan
adabiy kecha ssenariysi).
Sahna jihozi: portret, kitoblar ko'rgazmasi, gazetalar, taxt, stol ustida lavx, siyoxdon, qalam, sham, shamdon.
Boshlovchi: Bugun qalbimizda quvonch o'zgacha.
Charaqlar quyosh bu tong o'zgacha,
Keksa-yosh qalbida iftixor g'urur
Kuy qo'shiq g'azal o'zgacha.
boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar. Hurmatli ustozlar.
Boshlovchi: Assalomu alaykum. She’riyat, adabiyot mehri bilan limmo- lim to'lgan tarovatli davramizga xush kelibsiz!
Boshlovchi: Xalqimiz ona tilimizga befarq bo'lmagan o'zbek farzand borki, bugun chuqur iftixor va ehtirom bilan buyuk bobokolonimiz hazrat Mir Alisher Navoiyni esga oladi, bu hazratning avlodi ekanligidan dili cheksiz quvonchga to'ladi.
boshlovchi:
Ey, ash’or mulkining buyuk sultoni
Ey, o'zbek xalqining suyuk o'g'loni
Nomingdan dimoqqa ming xil gul isi
To abad atirli xush havo kelur.
boshlovchi: Tantanamizga qimmatli vaqtlarini ayamay qadam ranjida qilgan aziz mexmonlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
boshlovchi: Navoiyning 575 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tayyorlaganmiz. Marhamat tinglab tomosha qiling
Bugun Navoiyning tug'ilgan kuni
Tunlardan himoya qilaylik uni
Haykali qoshida qalblar bo'lsin jam
Ming yilda bir kelur malikul-kalom.
boshlovchi: O'zbekning uyimas Navoiy yo'q uy
Dunyoga shavq berar bu muqaddas kuy
Ulug' bobomizga beraylik salom
Ming yilda bir kelur malikul-kalom
Navoiy deganda quloqlarimga
Uzoq asrlardan bir navo kelur
Navoiy deganda quloqlarimga
Qahraton qishda ham xush sabo kelur
Qo'shiq– «Ey, sabo» Navoiy g'azali
Dostları ilə paylaş: |