Name of presentaton



Yüklə 16,14 Mb.
səhifə10/11
tarix23.12.2023
ölçüsü16,14 Mb.
#190751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu

Belorussiya MDHda Qozog‘istondan keyin “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish to‘g‘risida milliy dastur qabul qilgan mamlakat hisoblanadi. Belorussiya Respublikasining 2020 yilgacha yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi “yashil iqtisodiyot”ni jahon amaliyoti bilan taqqoslash asosida sifat jihatdan baholash imkonini beruvchi dasturdir. Dastur “yashil iqtisodiyot”ning turli sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qirqqa yaqin chora-tadbirlar, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tadbiq etishga yo‘naltirilgan o‘ndan ortiq baholash mezonlarini qamrab oladi.

Milliy rejada “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish borasida quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:

  • mamlakatda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tadbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni aniqlash;
  • “yashil iqtisodiyot”ning ustuvor tarmoqlari va faoliyat sohalarini belgilash;
  • “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha institutsional va tarmoq chora-tadbirlari majmuasini shakllantirish;
  • “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga muvofiq iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholash.

Belorussiya Respublikasi “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Belorussiya Respublikasi “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

    • yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imkorligi darajasini pasaytirish, yangi texnologiyalar va materiallardan foydalanish hisobiga energiya samaradorligini oshirish;
    • tiklanadigan energiya resurslari salohiyatidan foydalanish imkoniyatini oshirish;
    • elektrotransport infratuzilmasini rivojlantirish va “aqlli” shaharlar konsepsiyasini amalga oshirish;
    • energiya tejovchi uy-joylar qurilishini rivojlantirish va uy-joy fondining energiya samaradorligini oshirish;
    • organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish;
    • barqaror ishlab chiqarish va iste’molni shakllantirish;
    • ekologik turizmni rivojlantirish.

Yüklə 16,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin