Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarning organizmida gavda og`irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko`rsatkich biroz pastroq bo`ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to`qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo`la 10% ga kamayishi odamni og`ir ahvolga solib qo`yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko`pdir. U, masalan, medo`zada gavda og`irligining 99,7% ni tashkil qiladi.

Mana shu ma'lumotlarning o`zigina «suv – hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik haqqoniyligini ko`rsatib turibdi. Odam organizmi o`z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o`rtacha 2,5 l. suvni qabul qiladi va uni o`z to`qimalaridan o`tkazib, chiqarib yuboradi. Jumladan 400 m litr suv nafas chiqarish jarayonida suv bug`i holatida chiqariladi. Organizmdagi ko`proq suv (1,5 litrga yaqin) siydik va hojat bilan chiqariladi, qolgani ter bezlari orqali chiqariladi
tuzuvchi:G’afurov Ulug’bek 35-BIQ-22.