NAMUNA 5-SINF UCHUN
1. Hisoblang: 123
∙45- 123∙35 +2 ∙ 17
2
:34
A) 1247 B) 1347 C) 1230 D) 1330
2. Koordinata nurida
𝐴(15), 𝐵(23) va 𝐷(35) nuqtalar berilgan. 𝐵𝐷 kesma uzunligi 𝐴𝐷
kesma uzunligining qanday qismini tashkil qilishini aniqlang.
A)
12
20
B)
8
12
C)
8
20
D)
1
12
3. 777776+77776+7776+776+76 yig‘indining qiymatini 7 ga boʻlinganidagi qoldiqni toping.
A) 2 B) 6 C) 1 D)5
4. Natural sonlar qatorida 82 dan katta boʻlmagan barcha juft sonlar yig‘indisini toping.
A) 1722 B)1800 C) 3403 D) 3500
5. 20 minut oldinga ildamlab ketgan soat hozir 9
∶15 ni koʻrsatyapti. Ayni shu paytda 25
minut orqada qolgan soat nechani koʻrsatayotgan boʻladi?
A) 8
∶30 B) 8∶55 C) 9∶05 D) 8∶40
6. Bir-biriga qarab harakatlanayotgan avtomobillar orasidagi masofa 450 km . Ulardan
birinchising tezligi ikkinchisidan 2 marta ko‘proq. Agar avtomobillar 2 soatdan keyin
uchrashgan bo‘lsalar, birinchisining tezligini toping.
A) 150 B) 75 C) 70 D)140
7. Evkalipt daraxtining bo‘yi birinchi 5 yilda 12 m balandlikka yetadi. 35 yilda 48 metrga
yetadi. Birinchi 25 yilda evkalipt daraxti necha cm ga o‘sadi?
A) 3600 cm B) 2500 cm C) 3400 cm D) 3000cm
8. 2022 - yil 20 - mart soat 12
∶00 da Halimning tugʻilganiga 100 sutka boʻldi. Halim qaysi
kuni tug‘ilgan?
A) 10 - dekabr B) 20 - dekabr C) 22 - dekabr D) 12 - dekabr
9. Olma narxi banan narxidan 4 marta arzon. 3 kg olma va 2 kg banan uchun 44000 soʻm
toʻlangan boʻlsa, bananning narxini aniqlang.
A) 16000 B) 4000 C) 12000 D) 20000.
10. Abbos quloqchin sotib olmoqchi. U quloqchin haqida sharhlarni o‘rgandi. Faqat 1 ta va
2 ta yulduzchali sharhlarda mahsulotning yomon sifati ko‘rsatib o‘tilgan.
Barcha sharhlarning qanday qismi quloqchinning sifatiga bog‘liq sharhlar?
A)
11
163
B)
11
41
C)
7
163
D)
14
41
11. 10-masaladagi 1 va 2 yulduzchali sharhlarning qanday qismi mahsulotning kech yetib
kelgani yoki umuman yetib kelmaganligiga bog‘liq sharhlar?
A)
17
41
B)
12
41
C)
12
163
D)
17
163
12. Qirralari uzunliklari 16 cm, 20 cm va 24 cm ga teng boʻlgan toʻgʻri burchakli
parallelepiped shaklidagi taxtani qirrasi 4 cm boʻlgan nechta kubchaga ajratish mumkin?
A) 120 B) 40 C) 60 D) 90
13. Zavodda birinchi kun 568 ta , ikkinchi kun birinchi kundagidan 87 ta kam , uchinchi kun
esa ikkinchi kundagidan 65 ta ortiq detal tayyorlandi. Shu uch kunda zavodda jami nechta
detal tayyorlangan?
A) 1595 B) 1585 C) 1605 D) 1575
14. Rasmdagi berilgan shakl perimetrini toping:
A)
𝑃 = 38 𝑐𝑚 B) 𝑃 = 28 𝑐𝑚
C)
𝑃 = 34 𝑐𝑚 D) 𝑃 = 24𝑐𝑚
15. Tenglamani yeching:
2,25𝑥 + 7,23 + 7,75𝑥 = 430,23 − 223
A) 20 B) 19 C) 21 D) 13
16. Perimetri 20 m kvadrat shaklidagi xonaga boʻyi 4 m, eni esa 3 m boʻlgan toʻg‘ri
toʻrtburchak shaklidagi gilam toʻshaldi. Bu xonaning necha kvadrat metr yuzasi gilam bilan
qoplanmaydi?
A) 13 m
2
B) 8 m
2
C) 6 m
2
D) 12 m
2
17. Tomonlari 48 cm va 36 cm boʻlgan toʻg‘ri toʻrtburchak shaklidagi tunukaning
1
12
qismi
qirqib olindi. Olingan boʻlak toʻg‘ri toʻrtburchak shaklida boʻlsa, uning eni va boʻyi qanday
boʻlishi mumkin?
A) 9 cm va 16 cm B) 11 cm va 14 cm C) 8 cm va 12 cm D) 12 cm va 18 cm.
18. O‘ng tomondagi kvadrat ichiga 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar yozilgan. Sonlarni yozish
jarayoni yulduzchadan boshlanib, berilgan chiziq bo‘ylab harakatlanadi va shu nuqtalardagi
raqamlarni yozish orqali hosil bo‘ladi.
Masalan, berilgan chiziq orqali 42685 soni hosil bo‘lgan. Quyidagi
berilgan chizmalardan qaysi biri eng katta sonni hosil qiladi?
19. Agar it 27 sekundda bolani quvib yetgan bo‘lsa, uning tezligi qancha bo‘lgan?
A) 300 m/min B) 200 m/min C) 350 m/min D) 100 m/min
20. Berilgan rasmning nechta joyida ikkita o‘quvchi chap qo‘llari bilan bir-birini ushlab
turibdi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
21. X va Y nuqtalari orasida bitta poyezd yuradigan yo‘l mavjud.
Temiryo‘l kompaniyasi har kuni bir vaqtning o‘zida X nuqtadan bitta poyezd va Y nuqtadan
bitta poyezd ketishini e’lon qildi. Poyezd tezligini o‘zgartirmasdan X nuqtadan Y nuqtagacha
180 daqiqada va Y dan X gacha 60 daqiqada yetib keladi. Poyezdlar bir-biri bilan urilib
ketmasligi uchun qo‘shaloq yo‘l qurishmoqchi. Bu yo‘l qayerga qurilishi kerak?
A)
B)
C)
D)
22. Ali, Bobur, Komil, Diyor va Elyor aylana stol atrofida o‘tirishibdi. Ali Boburning
yonida emas, Diyor Elyorning yonida va Bobur esa Diyorning yonida emas. Komilning
yonida kim o‘tiribdi?
A) Ali va Bobur B) Bobur va Diyor C) Diyor va Elyor D) Elyor va Ali
23. Silindr atrofida santimetrli o‘lchash tasmasi o‘ralgan. So‘roq belgisi bilan ko‘rsatilgan
joyda qaysi son bo‘lishi kerak?
A) 69 B) 60 C) 53 D) 77 E) 81
24. Qutida 20 ta olma va 20 ta nok bor edi. Komila tasodifiy tarzda qutidan 21 dona mevani
oldi, qolganini esa Laylo oldi. Quyidagi gaplardan qaysi biri doimo to‘g‘ri?
A) Laylo qancha olma olgan bo‘lsa, Komila ham shuncha nok oldi.
B) Komila qancha nok olgan bo‘lsa, shuncha olma oldi.
C) Laylo qancha olma olgan bo‘lsa, Komila ham shuncha olma oldi.
D) Komila eng kamida bitta nok oldi.
E) Laylo qancha nok olgan bo‘lsa, Komila ham shuncha nok oldi.
25. Rasmda yoqilg‘i quyish shahobchasi, mehmonxona, tibbiy yordam punkti, dam olish
maskani va oshxona yo‘lning qaysi kilometrida joylashganligini tasvirlangan (bunda sonlar
nuri har bir bo‘lmasining uzunligi 1 km ga teng deb olinsin).
Quyidagi jadvalning birinchi ustunida keltirilgan mulohazalar mazmunidan kelib chiqib,
ularning rost yoki yolg‘on ekanligini aniqlang va ikkinchi ustundagi mos so‘zning tagiga
chizing.
Mulohaza
Rost yoki yolg‘onligi
I. Tibbiy yordam punkti mehmonxona va yoqilg‘i quyish
shahobchasi orasida joylashgan.
rost / yolg‘on
II. Mehmonxona tibbiy yordam punkti va yoqilg‘i quyish
shahobchasining o‘rtasida joylashgan.
rost / yolg‘on
III. Tibbiy yordam punkti mehmonxonaga qaraganga
oshxonaga yaqinroq joylashgan.
rost / yolg‘on
IV. Yoqilg‘i quyish shahobchasi bilan dam olish maskani
orasidagi masofa 8 km dan kam emas.
rost / yolg‘on
A) I-yolg‘on, II-rost, III-rost, IV-rost
B) I-rost, II-yolg‘on, III-rost, IV-rost
C) I-yolg‘on, II-rost, III-yolg‘on, IV-rost
D) I-rost, II-rost, III-rost, IV-yolg‘on
Dostları ilə paylaş: |