Narkotiklar iqtisodiyot nazariyasi Reja: 1. Narkobiznes iqtisodiy xususiyati 2. Narkobiznes asosiy turlari 3. Narkobiznes ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari 4. Narkobiznesga qarshi kurashish
Narkobiznes iqtisodiy xususiyati
Narkobiznes-(inglizcha)-giyohvandlik biznesi jinoiy biznesning eng xavfli turlaridan biri bo'lib, milliy va xalqaro huquq normalarida taqiqlangan harakatlar majmui: giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish. Narkotik moddalarning noqonuniy savdosi - bu giyohvand moddalarni taqiqlash qonunlariga muvofiq dorilarni yetishtirish, ishlab chiqarish, tarqatish va sotishga bag'ishlangan global qora bozor.
Afg'oniston dunyoda giyohvand moddalarni ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi etakchi mamlakatdir. U global afyun ishlab chiqarishining 90% dan ortig'ini tashkil qiladi. (Afyun 50 mamlakatda noqonuniy ishlab chiqariladi.)
Afg'oniston geroini Evropa, Rossiya, O'rta Osiyo, Eron va Pokistonni наркотик бозорига кириб келди. U Xitoy va Hindistonga kelishni boshladi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, AQSh, Kanada va Yaponiyada tez sur'atlar bilan bozorni egallamoqda.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok boʻlishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchs hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar oʻrtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va kilmishlar yigʻindisi.
Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat)
Terrorizm siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar).
Терроризм тоифалари - yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi
Giyohvandlik vositalarining ijtimoiy oqibatlari
Giyoxvandlik vositalari bilan muomalada bo‘lish, ularni is’temol qilish shaxsni jamiyatdan ajratadi. Uning insoniy qiyofasini yo‘qotishga olib keladi. Bu esa turli hil jinoyatlarni sodir qilishga zamin yaratadi. Ayniqsa voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan giyohvandlik vositalarini olish-sotish, ularni iste’mol qilish hollari bugungi kunda ko‘plab uchrab turibdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash borasida tegishli tadbir, choralar ko‘rilib, sezilarli natijalarga erishilganligiga qaramasdan bu muammo hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.Giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy hatti-xarakatlarni sodir qilish bilan birgalikda, giyohvandlar soni ham ortib bormokda.
Giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan salbiy xodisalarga qarshi kurashishda huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan olib boriladigan choralar yetarli emas. Agar jamoatchilik bu ijtimoiy illatga qarshi ko‘tarilmas ekan, huquqni muxofaza qiluvchi organlarning sayi harakati bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Narkobiznesga qarshi kurashish
Narkomaniya va narkobiznesga qarshi kurash kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaroriga asosan butun dunyo bo'ylab nishonlanadi.
Ensiklopediyada narkomaniya quyidagi ko'rinishda tasvirlanadi:
Narkomaniya - qisqa muddatli eyforiya hissini uyg'otuvchi narkotikka bog'lanib qolish kasalligidir. Qayta iste'mol qilish orqali shaxsning narkotikka bog'lanib qolishi va narkotik moddaning ko'paytirib borilishi narkomanga aylanishiga asosiy sabab bo'ladi. Butunjaxon sog'likni saqlash tashkilotining rasmiy ma'lumotiga ko'ra, sayyoradagi 8 million narkomandan 2 milliontasi Rossiya xududida yashaydi. Ammo Rossiya Sog'likni saqlash vazirligining rasmiy ma'lumot berishicha, Rossiya davlatida 200 ming kishi narkoman sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan.
Narkomanlar soni bo'yicha Uzoq Sharq 25% ko'rsatkich bilan yetakchilik qiladi (100 ming axoli). Norasmiy statistika esa xavotirli ma'lumotlarni takdim etadi: xech bo'lmaganda bir marta narkotik iste'mol qilgan kishilar umumiy aholining uchdan bir qismini tashkil etadi. Medisina xodimlarining so'zlariga ko'ra, rossiyalik narkomanlarning 60 % 18-30 yoshdagilar bo'lsa, 20% esa maktab o'quvchilaridan iborat. Birinchi marta narkotikni iste'mol qilish 11-13 yoshga tug'ri keladi, xattoki 4-6 yoshli narkomanlar ham uchrab turadi. Shuning uchun bugungi kunda narkotik sababli xayotdan ko'z yumish xolatlari birmuncha "yoshardi": oxirgi 10 yilda yosh narkotik iste'mol qiluvchilarning soni 42 marta ko'paydi. Narkotik tarqatishga qarshi kurash buyicha Federal xizmatining rasmiy ma'lumotiga ko'ra, Rossiyada xar kuni 80 kishi narkotik sababli xayotdan ko'z yumsa, 250 dan ortik kishi narkomanga aylanadi.