Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o’ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o’zlarining individual narxlarini o’zgartira olsalar, ulardan farqli o’laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o’zlari bеlgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o’ziga xos tarzda foydalanadilar.
9.4-chizma Taklif bo’yicha narx egri chizig’i Taklif miqdori R2
R1
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx
Ommaviy taklif bo’yicha narx o’zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo’lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo’ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu bog’liqlik 9.4-chizmada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Chizmadan ko’rinadiki, tik o’qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko’payib borishi, yotiq o’qda esa mahsulot birligiga bo’lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo’yicha narx egri chizig’i (R1R2) bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bog’liqligini ifodalaydi.
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga kеltirish maqsadida o’z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol yuqori narxlarning o’sishiga olib kеladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko’rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo’qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada bеlgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo’l qo’yilgan yo’qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o’sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar.