Nasaf NeftGaz Ta’minot Savdo



Yüklə 74,56 Kb.
səhifə20/21
tarix22.06.2023
ölçüsü74,56 Kb.
#134213
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2023-hisobot

Auditorlik hisoboti - xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat hujjat. Auditorlik hisoboti quyidagilardan iborat:
• nomi («Auditorlik hisoboti» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»: ikkala nom ham bir kuchga ega);
• yo‘llanilayotgan mijoz nomi;
• kirish qismi;
tahliliy qism;
• yakuniy qism.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan kiritiladi va oqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, «Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatiarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat». Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor, auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatiarida belgilangan talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan hujjat;
ijobiy fikr - bu auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasida ifodalangan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirgan va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq kelgan holatdagi fikri;

Yüklə 74,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin