Asosiy vositalar bo‘yicha audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida auditoming vazifalari quyidagilardan iborat: • asosiy vositalar harakati va ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;
• buxgalteriya tizimi ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan asosiy vositalar va haqiqatdan ham mavjud va ular bo‘yicha hisoblashishlar haqiqatdan ham ro‘y berganligiga ishonch hosil qilish;
• asosiy vositalaming barchasi to'liq hisobga olinganligini tekshirish;
• asosiy vositalar harakati va ular bo'yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda arifmetik amallar to‘g‘ri bajarilganligini o‘rganish;
• balans hisobotida asosiy vositalar haqiqiy qiymatida aks ettirilganligini baholash;
• balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘ri guruhlashtirilganligiga va agar zarural bo'lsa, ular bo‘yicha zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlar ilovalarda to‘liq va to‘g‘ri keltirilganligiga ishonch hosil qilish. Asosiy vositalar auditining asosiy vazifalariga muvofiq tekshiruvni yetti yo‘nalishga ajratish mumkin: • asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishining auditi;
• asosiy vositalar harakatining auditi;
• asosiy vositalar bo'yicha eskirish to‘g‘ri hisoblanganligining auditi;
• asosiy vositalar qabul qilinishi bo‘yicha operatsiyalami tekshirish;
• asosiy vositalar tugatilishi to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirish;
• asosiy vositalami ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar asoslanganligini tekshirish;
• asosiy vositalarga oid operatsiyalar to‘g‘ri soliqqa tortilganligini tekshirish. Yuqoridagi vazifalami amalga oshirish asosiy vositalar yuzasidan audit dalillariga asoslanadi. Asosiy vositalarni audit qilish vaqtida foydalaniladigan audit dalillari korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga bogMiqdir. Bular jumal-orderli, memorial-orderli, soddalashtirilgan, kompyuterda ishlov uchun yo‘naltirilgan, shuningdek, qo'llaniladigan registrlar ro‘yxati, ulaming tuzilishi, ulardagi yozuvlar muntazamligi va yozuv usullari bilan belgilanadi. Lekin, asosiy vositalar bo'yicha operatsiyalami hisobga olish yuzasidan qanday shakl qo'llanishiga qaramasdan ular dastlabki hisob hujjatlari quyidagi umumlashtirilgan idoralararo shakllarida rasmiylashtirishi lozimligini unutmaslik kerak:
AV-1 shakli - asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yuk xati);
AV-3 shakli - ta’mirlangan, qaytadan tiklangan va zamonaviylashtirilgan obyektlami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
AV-4 - asosiy vositalami hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
AV-4a - avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
AV-6 - asosiy vositalami hisobga olish bo‘yicha inventar varaqasi va boshqalar.