Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


- mavzu. MATN VA LUG‘AT BILAN ISHLASH



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

7- mavzu. MATN VA LUG‘AT BILAN ISHLASH
7.1- mashq.
Berilgan tabrik mavzusidagi matnlar bilan tanishing. Bunday matn
-
larda faol qo‘llanadigan til birliklariga, ijodkorning badiiy topilmalariga diqqat qi-
ling.
I
. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi – bu oliy unvonlar 
Said Ahmadning el-yurt oldidagi buyuk xizmatlarining xalq tomonidan, davlat 
tomonidan e’tirof etilishidir. 
Said Ahmad bugungi o‘zbek adabiyotining chinorlaridan, oqsoqollaridan biri 
bo‘lib qoldi. Biz uni shunday deb atayotgan ekanmiz, bunda uning yoshi ulug‘ligini 
nazarda tutayotganimiz yo‘q. U o‘z iste’dodi bilan, qalamining o‘tkirligi, betakror 
qahramonlar galereyasini yaratgani bilan bu sharafli nomga munosib ijodkordir.
San’atkor ustoz bugun muborak sakson yoshga qadam qo‘ydi. Biz bu betak
-
ror adibga uzoq umr tilaymiz. 
– Xalqimiz uchun yangi-yangi asarlar yaratib beravering, Said Ahmad aka! 
(Ozod Sharafiddinov, 2000- yil)
 

II
. Nosirning o‘nga yaqin romanni tarjima qilib, qanchadan qancha qissa 
yozib, bitta tokchani to‘ldiradigan kitob chiqarib qo‘yganini uncha-muncha ellik 
yoshli ning qo‘lidan kelmaydigan mehnat deb tan olmay ilojim yo‘q. Nosir yaxshi 
odam, yaxshi yozuvchi, yaxshi tarjimon va mana endi boz ustiga yaxshi chol 
bo‘ldi.
Men talantli ukam Nosir Fozilovga Jambul umridek uzoq umr, Oybekcha 
donolik, G‘afur G‘ulomga xos quvnoqlik, Qahhorcha zukkolik tilayman.
Ellik yoshing qutlug‘ bo‘lsin, o‘zbeklarning qozog‘i, qozoqlarning o‘zbegi! 
Oltmishga tomon yo‘ling bexatar bo‘lsin, ukam! (
Said Ahmad)
7.2- mashq.
Yaqin do‘stingizga quyidagi munosabatlardan biri asosida tabriknoma 
yozing.
– Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan;
– do‘stingizning tavallud kuni munosabati bilan; 
– bahorning birinchi kuni munosabati bilan; 
– Hayit ayyomi munosabati bilan.
7.3- mashq.
Berilgan hamdardlik mavzusidagi matnlar bilan tanishing. Bunday 
matnlarda faol qo‘llanadigan til birliklariga diqqat qiling.
http://eduportal.uz


24
I
. Andijon viloyati Marhamat tumani, 
„Umrzoq Qoraboyev“ shirkat xo‘jaligi, Qovunchi qishlog‘i
Enaxon aya Sotiboldiyevaga
Muhtarama Enaxon aya!
Boshingizga tushgan og‘ir musibat – aziz farzandingiz, xalqimizning ar
-
doqli shoiri Muhammad Yusufning bevaqt o‘limi munosabati bilan Sizga, oila 
a’zolaringizga, barcha yaqinlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman.
O‘g‘lingiz Muhammadjon noyob iste’dod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, 
mard va kamtarin inson edi. Shu bois bu mudhish xabar shoirning ko‘plab 
do‘stlari va muxlislari kabi mening ham qalbimni larzaga soldi. Uning yorqin 
xotirasi barchamizning qalbimizda abadiy yashaydi. 
Sizga Yaratgandan sabr-toqat va bardosh tilayman.
Islom KARIMOV, 2001- yil
II
. Bugun men uchun g‘oyatda qayg‘uli kun. Butun o‘zbek xalqiga, ilm ahliga 
o‘rnak bo‘la oladigan fidoyi olim, tilimiz va adabiyotimizning haqiqiy jonkuyari 
va targ‘ibotchisi, chinakam ziyoli inson Omonulla Madayev olamdan o‘tdilar. 
Ustoz „o‘zbekning vijdoni“ deb atashga arzigulik inson edilar. Til, adabiyot, 
ma’naviyat sohasida ko‘pchilik diliga tuggan va ayta olmagan fikrlarni qo‘rqmay 
baralla aytdilar.
Bu biz uchun, ma’naviyatimiz uchun katta yo‘qotish deb o‘ylayman. Us
-
tozning oila a’zolari, yaqinlariga o‘z hamdardligimni bildiraman. Oxiratlari obod 
bo‘lsin. 
K.Allamjonov, 2020- yil

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin