bo‘lg‘an bir rafiqa tuhfa qilarmiz .
(Abdulla Qodiriy) 9.2- mashq . Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga qavs ichidagilardan mosini tan-
lab qo‘ying va sabablarini izohlang.
1. Ukam ... (sariq, sarg‘ayma, gepatit) bo‘lib qoldi, shuning uchun na’matak
damlab ichiryapmiz.
2. Xayri xola ... (qizil gul, qizamiq, chechak) bo‘lib, tashqariga chiqolmay
qolibdi.
3. Nihoyat, afting qurg‘ur ... (asfalasofilinga ravona bo‘libdi,
qazo qilibdi,
o‘libdi).
4. Devor eski, ehtiyot bo‘ling: orasida ... (chayon, gajak, oti yo‘q) bo‘lmasin
yana.
5. Qarasam, chuqur to‘la ... (arg‘amchi, ilon, uzun opa)! Vashillab yotibdi!
Nazariy matn Madaniy nutqning o‘z qoidalari bor. Nutqda ayrim tushunchalarni jami
-
yat madaniy me’yorlariga ko‘ra ochiq aytish mumkin emas. Bu nutqiy „taqiq“
(u fanda polineziya tilidan olingan „tabu“ so‘zi bilan nomlanadi) deyiladi. Ular
o‘rniga „yumshoq“, „qog‘ozga o‘ralgan“, ya’ni madaniy ifodalar qo‘llanadi.
Nutqdagi „taqiq“lar qo‘rquv asosida (
chayon so‘zi o‘rnida
gajak, o‘lmoq so‘zi
o‘rnida
ketmoq so‘zlari qo‘llanishi), uyat asosida (
tug‘moq – farzandli bo‘lmoq ,
hurmat asosida (
sen-siz, bor-boring kabi) bo‘ladi.
9.3- mashq. Nutqdagi „taqiq“larga ishtirok etgan maqollar bilan tanishing.
Ular ish tirokida matn yarating.
1. Ko‘r ko‘rni qorong‘ida topadi.
2. Dardingning vaqti o‘tsa,
Tabibdan o‘pkalama.
3. Bukrini go‘r to‘g‘rilaydi.
http://eduportal.uz
32
4. Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi.
5. It izzatni bilmas,
Eshak – tarbiyatni.
6. Olmaning tagiga olma tushadi.
9.4- mashq. Testlarni yeching va javobingizni izohlang.