Natural sonlar va boshlang’ich tushunchalar
1. 1 108 384 ushbu sonda 3 raqami turgan o‘rniga ko‘ra nimani bildiradi.
A) Birlikni B) O’nlikni C) Yuzlikni D) Minglikni
2. 245 sonining o’ng tomoniga 0 qo’ysak bu son necha marta ortadi? Nechtaga ortadi?
A) 10 marta ortadi va 2 205 taga ortadi
B) 100 marta ortadi va 2 000 taga ortadi
C) 20 marta ortadi va 2 205 taga ortadi
D) 10 marta ortadi va 1 000 taga ortadi
3. Sardor kitobning 164 betini o‘qigandan so‘ng, kitobning qolgan qismi u o‘qiganidan 16 bet ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. Kitob necha betlik?
A) 384 B) 396
C) 344 D) 190
4. Olti xonali eng katta va besh xonali eng kichik sonlar yig‘indisini toping.
A) 2 324 434
B) 3 563 454
C) 1 009 999
D) 1 789 676
5. Qaysi variant ushbu “To’qson milliard oltmish million sakkiz yuz ming
besh” to’g’ri yozilgan.
A) 9 600 800 005
B) 9 600 805
C) 9 006 080 005
D) 90 060 800 005
6. Taqribiy qiymati 30 (x ≈30)ga teng bo’lgan sonlar nechta?
A) 10 ta B) 9 ta
C) 8 ta D) 7 ta
7. Avtobusda 46 ta yo‘lovchi bor.Quyidagi miqdorlardan qaysi biri aniqroq?
A) 55 B) 35 C) 40 D) 50
8. Qaysi songa 2 qoshilsa, yetti xonali eng kichik son hosil bo`ladi ?
A) 999 999 B) 999 998 C) 100 002 D) 999899
9.400+40+3=4*100+4*10+3*1 - qaysi sonning xona qo`shiluvchilari yig`indisi ko`rinishidagi yozuvi bo`ladi?
A) 400403 B) 443 C) 40043 D) 434
10.Qaysi holda sonlar kamayish tartibida turibdi ?
A) 793,739,800
B)973, 793,739
C) 800,739,793
D) 801, 108, 810
11.12 323 232 ni 342 323 ga orttiring
A) 12 665 555
B) 12 343 435
C) 12 435 657
D) 12 565 087
12.Namangan viloyatida 20 073 200 nafar, Andijon viloyatida undan 1 269 500 nafar ortiq, Farg‘ona viloyatida esa Andijon viloyatiga qaraganda 2 498 200 nafar ortiq aholi yashaydi. Farg‘ona vodiysida qancha kishi yashaydi?
A) 65 446 545 B) 65 656 464
B) 65 256 800 D) 65 445 454
13.Yig‘indini toping,va natijani yuzminglar xonasigacha yaxlitlang:
11 672 361 + 1 768 919;
A) 13 000 000
B) 13 400 000
C) 13 680 000
D) 13 800 000
14.14 432 456 ni 676 567 ga kamaytiring;
A) 13 755 889
B) 13 465 569
C) 13 565 676
D) 13 565 589
15.Eng katta olti xonali son bilan eng kichik yetti xonali sonning yig’indisini toping?
A) 1 989 757
B) 1 989 999
C) 1 989 989
D) 1 999 999
16.Yig‘indini qulay usul bilan hisoblang:
(111 083 + 15 017) + 6 754;
A)123 587 B) 132 323
C) 132 854 D) 123 454
17.Jizzax viloyatining maydoni 38 600 kv. km, Sirdaryo viloyatining maydoni esa undan 9 700 kv. km ga kichik. Sirdaryo viloyatining maydoni necha kvadrat kilometr?
A) 28 700 B) 28 900
C) 28 600 D) 28 500
18.12 656 va 45 454 sonlarining o’rta arifmetigini toping?
A) 29 075 B) 29 065
C) 29 055 D) 29 035
19.Rossiya federatsiyasining maydoni 2 448 900 kv. km, O'zbekiston Respublikasining maydoni esa Rossiyanikidan 2 000 000 kv. km ga kam. O'zbekiston Respublikasining maydoni necha kvadrat kilometr?Natijani o'n minglar xonasigacha yaxlitlang.
A) 448 900 B) 4 448 900
B) 400 000 D) 450 000
20.Kamayuvchi 95 taga ortib, ayriluvchi 21 taga ortsa, ayirma qanday o'zgaradi?
A) 116 taga ortadi
D) 74 taga kamayadi;
B) 74 taga ortadi
E) 116 taga kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |