23
ishlash jarayonida talabalar kuzatish perspektivasi, narsalarning
konstruktiv tuzilishi, yorug‘lik – soya tarqalishi qoidalari haqida aniq
bilim va ko‘nikmalar hosil etadilar. Turli materiallar (shisha, metall,
yog‘och, mato va h.z.) fakturasini tus orqali ifodalashga o‘rganadilar.
I - II jarayonda qisqa muddatli rasmlar bajarish nazarda tutilgan.
Chunonchi, II jarayonda odam qomati, qush va hayvonlardan
qoralamalar bajarish ko‘zda tutilgan. Bu jarayonda ko‘zlangan maqsad
II bosqichdan boshlab harakatdagi ob’ektlarni tasvirlay olish,
naturaning asosiy, tipik holatini bera olishni o‘rganishdan iboratdir. Shu
qatorda xotira va tasavvurdan qisqa muddatli rasm bajarishga ham
alohida o‘rin ajratilgan.
O‘z mohiyati va maqsadiga ko‘ra turli badiiy materiallar bilan
ishlangan tasvir rasm deb ataladi. Nafaqat badiiy asar, balki me’moriy
va dizayner loyihalarini, kitoblar va gazetalardagi illyustratsiyalarni,
karikaturalarni, kostyum modellari chizmalari, naqshlar asosini bir so‘z
bilan rasm deb atash mumkin. Rasmni grafit qalam bilan qog‘ozga,
kartonga, ko‘mir yoki flomaster bilan shishaga, tush va pero, bo‘yoq
bilan matoga, tayoqcha bilan qumga, o‘tkir uchli narsa bilan keramika
idishga, uchli metal qalam bilan mis laganga chizish mumkin.
Rasm bo‘lajak rassom - dizaynerga ob’ektni o‘rganishga, hajmli
predmetlarni tekislik yuzasiga yoki hajmli yuzaga tasvirlashga, hayotda
ko‘rganlarini, o‘ylagan g‘oyalarini tasvirlashga yordam beradi.
Qadimgi davrlardan tortib to hozirgacha yaratilgan turli janr va
turlarga mansub bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqqanda, biz barchasining
asosida rasm yotganligiga guvoh bo‘lamiz va bunda eng asosiy o‘rinni
chiziq
egallashining guvohi bo‘lamiz.
Dostları ilə paylaş: