ISBN: 978-9943-8799-4-6
Ushbu darslik oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil
“9” sentyabrdagi “302”-sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga
ruxsat berildi. Ro‘yxatga olish raqami: 302-0360
© “KAMOLOT” nashriyoti
© Hakimova Gulnora Abdumalikovna
3
KIRISH
“Natyurmort chizmatasviri” fani badiiy ta’limda bo‘lajak rassom
mutaxassislarni tayorlashda asosiy o‘quv fanlardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Natyurmort chizmatasviri mustaqil o‘quv predmeti sifa-
tida borliqni haqqoniy tasvirlash, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, estetik did va ehtiyojlarini tarbiyalashda cheksiz imkoni-
yatlarga ega.
Natyurmort chizmatasviri va rangtasvir namunaviy fan dasturi
Natyurmort chizmatasviridagi ta’limdagi o‘rni, dizayner tayyorlashda
chizmatasvir
va
rangtasvir
fanlarining
talabalarini
kasbiy
tayyorlashda o‘rnini, o‘quv fanining maqsad va vazifalarini aniq va
ravshan belgilagan. Jumladan fan bo‘yicha talabalarning bilim,
qo‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yilgan, ya’ni:
Natyurmort chizmatasviri va rangtasvir bilim asoslarini, buyuk
usta rassomlar ijodini o‘rganish;
Natyurmort chizmatasviri va rangtasvirda qo‘llaniladigan turli
uslublarni, tasvirlash qonuniyatlarni bilishi;
mavjud voqelikni butun rang barangligi va qo‘lami bilan idrok
etish.
Shuni ta’qidlash joizki, Natyurmort chizmatasviri bo‘lajak
dizayner – rassom kasbiy tayyorgarligida alohida o‘rin egallaydi.
Natyurmort chizmatasviri tasviriy san’at asosini tashkil etib, talabaga
badiiy mahorat zaminini yaratadi. Natyurmort chizmatasviri fanini
chuqur o‘rganish maqsadida talabalar ushbu fandan doimo mashq va
topshiriqlarni bajarishi maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Shuning-
dek chizmatasvir fanidan mashq va topshiriqlar o‘quv qo‘llanma oldida
Natyurmort chizmatasviri nazariy va amaliy “sirlari”ning qirralarini
ochib berish, talabalarga kompozitsiyaning umumiy qoidalari,
proporsiya munosabat-lari, shakl, yorug‘ - soya, chiziqli perspektiva
kabi Natyurmort chizmatasviri konuniyatlarini o‘rgatish maqsad etib
qo‘yildi.
Natyurmort chizmatasviri asoslarini o‘rgatishda chizmatasvir va
uning maqsad – vazifalari, tasvirlashning asosiy qonun – qoidalari,
natyurmortning kompozitsiyasi, kompozitsiya qonuniyatlari, o‘quv
natyurmortini ishlash metodikasi, xomaki chizmalar va qoralamalar,
sifatli surat chizish tamoyillari, hajm chiqarish, kompozitsiya, antik
davr haykallari (David, Venera, Sokrat), tirik odam bosh qismini
4
tasvirlashni o‘rganish (3ta rakursdan), inson yuz qismi yelka
kismgacha (byust) tasvirlash xal etuvchi rolni o‘ynaydi va bo‘lajak
rassom - dizayner uchun kerakli grafik ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Qo‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, mazkur o‘quv
qo‘llanma oldida yuqorida qo‘rsatilgan mavzularning nazariyasi va
amaliy qismini chuqur o‘rganib, muntazam ravishda mashq va topshi-
riqlar asosida Natyurmort chizmatasviri qoidalarini chuqur o‘rgatish
qo‘yilgan.
Shu sababli men o‘quv qo‘llanmada chizishdan oldin tasvirlash
san’atining nazariy asoslariga xam e’tiborni qaratdim. Bu asosan
rasmda kompozitsion echim, chiziqli – asos tuzilishi, nisbatlar, yorug‘
- soya qonunlari, ishni bajarish ketma-ketligi kabi mavzularda o‘z
aksini topgan.
Ma’lumki, dizayner - rassom bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash
jarayonida gipsdan yasalgan geometrik jismlar rasmini, ular to‘plami,
gipsdan yasalgan turli naqshlar, rozetkalar rasmini tasvirlash kabi
o‘quv topshiriqlari muhim o‘rinni egallaydi. Yuqorida keltirilgan
mavzular bo‘lajak rassom – dizaynerlarning qaysi turida faoliyat
ko‘rsatmasin ijodiy kreativ faoliyatlarida juda qo‘l keladi.
Insonni tasvirlash asosida ham gipsdan yasalgan anatomik
modellar, bosh qismi detallari ko‘z, quloq, burun, og‘iz va hokazolarni
o‘rganib so‘ng antik davr haykaltaroshligining yorqin namunalaridan
«David, Gudon modeli, Antinoy, Diadumen, Suqrot, Valter va
boshqalarning gipsdan yasalgan modeli rasmini chizishga o‘tiladi.
Yuqoridagilar hammasi tirik insonni tasvirlashda boshlang‘ich
manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi bosqichdan boshlanadigan chizmatasvir bo‘yicha o‘quv
topshiriqlari perspektiva, plastik anatomiya kabi ilmiy bilim asoslari
bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda talabalar pedagog
rahbarligida va mustaqil ravishda chizmatasvir bo‘yicha usuliy o‘quv
adabiyotlarini o‘rganishlari maqsadga muvofiqdir. Talabalarni rasm
bajarish jarayonida didaktik prinsipning asosiy qoidalaridan biri
bo‘lgan ketma - ketlik usulini qo‘llashga o‘rgatish zarur. Bu haqda bir
qator buyuk musavvirlarlar, rassom – pedagoglar o‘z traktatlarga
qo‘rsatganlar.
Natyurmort chizmatasviri asoslarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak
rassom - dizayner natura (narsaning o‘ziga qarab), xotira – tasav-
vurdan chizishni o‘rganadilar. Rasm chizishni o‘rganishda chiziqli
5
perspektiva qonunlarini o‘rganib, amaliyotda qo‘llash ham benihoya
muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, I kursda kuzatish perspektivasi asoslarini
egallash juda muhimdir. Shu bilan birgalikda talaba professional va
usuliy tayorgarligida predmetlarning konstruktiv tuzilish qoidalarini
o‘zlashtirish muhim o‘rin egallaydi.
Chizmatasvir bo‘yicha o‘quv dasturi ma’lum didaktik tizimga
keltirilgan. Topshiriqlarni bajarishga qaratilgan o‘quv topshiriqlari
gipsli (ganch) modellar ustida ishlashni nazarda tutadi. Bu oddiy
geometrik figuralar (kub, konus, shar, silindr va h.z.), gipsli bosh
modelining qismlari (ko‘z, quloq, burun), qadimgi klassik haykal –
Mikelanjeloning “David” asari va boshqa antik modellar. Shu bilan
birgalikda dasturda turli xil qisqa muddatli rasmlar (qoralama, chizgi)
bajarish ham nazarda tutilgan.
Geometrik jismlarni ma’lum bir kompozitsion guruhga tuzib
ishlash talabalarga rasm chizish qoidalarini (perspektiva, konstruktiv
tuzilish, yorug‘lik – soya tarqalishi) o‘rganishga yordam beradi.
Kelajakda talabalarga murakkab jismlarning konstruktiv tuzilishi
qoidalarini tushunish va o‘zlashtirishda mazkur topshiriqlar asos
bo‘ladi.
Gipsli mashqlarni tasvirlash mazmuni perspektiva va yorug‘ soya
nazariyasini amaliyotda qo‘llay olishga qaratilgan. Antik haykal-
larning bosh qismlarini tasvirlash odam anato-miyasini chuqur
o‘rganish va rasm bajarish amaliyotida qo‘llashni talab etadi.
Talabalar tushunishi va chizishini osonlashtirish maqsadida bir
naturaning bir qator ko‘rish nuqtalaridan chizilgan tasvirlari kelti-
rilgan.
|