часть
1
«
Научный импульс
»
июня
, 202
3
437
Sharafiddin Ali Yazdiy, Zaxiridin Muxammad Bobur kabi buyuk tarixiy siymolar qoldirgan
bebaxo madaniy meroslar, ilmiy, badiiy asarlar nafaqat o’zi mansub millatning, balki butun
insoniyatning ma’naviy boyligi sifatida kadrlidir. Ularni o’rganish, turli nuqtai nazarlardan
kelib chiqqan xolda ularni ilmiy tadqiq qilish, mazmun-moxiyatini targ’ib va tashviq qilish
butun bashariyat uchun katta ilmiy yangilanishlarga yo’l ochadi".
Raqamli texnologiyalari davrida ta’lim jaroyoni jadallik bilan rivojlanib borayotgan bir
paytda bugungi kunda asosiy mazmun beruvchi yana bir tizim “Ustoz-shogird” tizimidir.
Ta’lim tizimida boʻlgʻusi mutaxassis oʻqituvchilarga tarbiyaviy taʼsir qiluvchi ustoz-
shogird anʼanalari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez surʼatda ilmiy-
texnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida taʼlim jarayonining qirralari
mukammallashib borayotganligi, ularning tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni,
innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar boʻlgʻusi mutaxassislarni kasbiy
taalluqliligi masalalarni aniqlash, ularga oʻz vaqtida yordam berish kabi masalalarga eʼtibor
qaratish, ustoz-shogirdlik anʼanalaridan oʻrinli foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda.
Uning asosida har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari
oʻz ifodasini topdi.
Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga eʼtibor har
qachongacha nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularni kasbiy faoliyatini
oshirishga qaratildi. Tarixiy sharoitlarining oʻzgarishi borasida toʻplangan tajribalarni
yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham oʻzgarib bormoqda. Mustaqillik sharofati tufayli
ustoz-shogird anʼanalarini yana-da rivojlantirishning asosiy vazifalardan biri mustaqil
Oʻzbekistonni rivojlantirishga asos boʻladigan yangi taʼlim tizimining tashkil etilishidir.
Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik anʼanalari koʻplab mehnat jamoalarida, shu
jumladan, davlat idoralarida qoʻllanib keladi. Biroq, hozirgi vaqtda kadrlar siyosatida olib
borilayotgan islohotlar ustozlikni rasmiy va professional tartibda amalga oshirishni talab
qiladi.
Shogird ustoz rahbarligida bilim yoki hunar oʻrganayotgan muddatda uning har bir
harakati va ish uslubini, hatto nimani qayerga qoʻyish, qaysi tomoniga koʻproq eʼtibor
berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi. Odatda ustoz baʼzan hunarning
har bir ikir-chikirini ham aytavermaydi, balki amalda koʻrsatadi. Ehtimol, bu bilan ustoz
shogirdining hushyorligini, sinchkovligi va qiziqishini sinab koʻrmoqchidir? Shu sinovdan
muvaffaqiyatli oʻtgan shogirdning oshigʻi, shubhasiz, olchi boʻladi.
Boshqa kasblarni mutlaqo kamsitmagan holda aytish joizki, hunarlar orasida eng
qiyini ilm oʻrganishdir. Bu borada ustoz tanlashning ham ahamiyati katta. Avvalo, ustoz
bilan shogird bir-biriga munosib boʻlishi, bir-birini tushunishi lozim. Bunda koʻproq
masʼuliyat shogird zimmasiga tushadi. Negaki, shogird ustozini avaylashi, uning hurmatini
joyiga qoʻyishi, baʼzi injiqliklariga chidashi, igna bilan quduq qazishdek zahmadli ishga
bardosh berishi shart.
Ustozlik – bu yoshlarni har tomonlama tarbiyalashdagi bir yoʻnalishi hisoblanadi.
Lekin, bu anʼana oila, maktab kabi turli mazmundagi yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi