Научный вестник. ФерГУ


Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 204 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix16.03.2023
ölçüsü204 Kb.
#88170
1   2   3   4   5   6   7
Kadirov Shoxrux Musajon o\'g\'li 1

Ijtimoiy gumanitar fanlar
TARIX
819
2022
hududlardagi tarixiy – madaniy yodgorliklarning saqlanishi va turizm infratuzilmasining
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inespektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 265-son
qarori asosida “Mahalla” hayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda Nizom qabul qilindi. Nizomga
ko‘ra, yurtimizdagi deyarli barcha moddiy-madaniy meros obyektlarining har biriga ixtiyorilik va
tanlov asosida jamoatchi inspektorlarning tayinlanishi tarixiy – madaniy meros obyektlarini
muhofaza etilishida yangicha tizim yaratildi.
Respublikamizda 2022-yil hisobi bo‘yicha jami 8208 ta ko‘chmas mulk obyekti mavjud
bo‘lib, ulardan 4748 ta arxeologik yodgorliklar, 2250 ta, me’moriy yodgorliklar, 678 ta monumental
san’at yodgorliklari hamda 532 ta diqqatga sazovor joylardir.1 Shulardan 376 ta obyektlar Farg‘ona
viloyatidagi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ularning 117 ta arxeologiya, 139 ta
arxitektura, 32 ta monumental va 88 ta diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi.
Marg‘ilon shahrining o‘zida bugungi kunda tarixiy – madaniy yodgorliklarning soni umumiy
42 tani tashkil etib bundan 1 ta arxeologik yodgorlik, 33 ta me’moriy yodgorliklar, 1 ta monumental
san’at yodgorliklari hamda 7 ta diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi.1
Mustaqillikning dastlabki davrida mamlakatimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz hamda
ko‘hna qadriyatlarimizning shakllanishi va rivojlanishida alohida o‘rin tutib kelgan, yurtimiz
zaminidagi qadimiy sivilizatsiya beshiklaridan biri bo‘lgan Marg‘ilon shahrining 2000 yillik sanasini
munosib nishonlash, xalqimizning o‘lmas merosini asrab – avaylash, keng targ‘ib etish,
yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada
kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi
bilan 2005-yil mart oyida “Marg‘ilon shahrining jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni” mavzusida
xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi”gi PQ-220-son
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Marg‘ilon shaxrining boy tarixiy – me’moriy obidalari va
ziyoratgohlari, tabiiy jihatdan e’tiborga molik so‘lim maskanlarini keng targ‘ib etish bo‘yicha hududiy
dastur ishlab chiqildi hamda uni xalqaro turistik yarmarkalarda reklama qilish chora – tadbirlarini
belgilandi.
Yillar silsilasida azaliy qadriyatlarni asarb kelayotgan Marg‘ilon shahrining qutluq ikki ming
yillik to‘yiga qizg‘in taraddud ko‘rildi. Qutlug‘ to‘y munosabati bilan 35 ta obyektlarda qurilish,
rekanstruktsiya, obodonlashtirish ishlari bajarildi. Shahar butunlay yangicha qiyofa kasb etdi.
Maskur inshootlar ichida shahardagi Pirsiddiq majmuasi, Ulug‘mozor ziyoratgohi, Jahon otin
Uvaysiy maqbarasi va muzeyi, Said Ahmad Xoja Eshon ko‘chasida joylashgan madrasa binosi
asosida “Ochiq osmon ostida”gi muzey kabi tarixiy – madaniy yodgorliklar butunlay qaytadan
ta’mirlandi. Joylardagi qurilish ishlari qizg‘in davom etganligi xaqida o‘sha yillari O‘zbekiston
madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi tarixiy obidalarni muhofaza qilish bosh boshqarmasi
mutahassisi Fazliddin Davlatov bu ishlarni eng tajribali ustalar bajargani hamda qayta
ta’mirlanayotgan hamda bunyod etilayotgan tarixiy – madaniy yodgorliklarning milliy me’moriy
ko‘rinishlarini o‘zida aks ettiryotgani xaqida takidlagan edi.
Pirsiddiq majmuasi ham Marg‘ilon shahrining eng qadimiy maskanlaridan biri. Bu yer
“Kaptarlimozor” nomi bilan ham mashhur bo‘lib, Marg‘ilonliklarning aziz ziyoratgohiga aylangan.
Qutlug‘ to‘y munosabati bilan u yerda katta kurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ko‘rkam
majmua qad rostladi. Bu maskanda Marg‘ilondagi eng orif kishilarning xoki qo‘yilgan. Shuningdek,
bu ziyoratgohda Burhoniddin Marg‘inoniyning chillaxonasi ham bo‘lib, mazkur chillaxona 1,5 gektar
maydonni egallagan majmuada jome masjidi, ziyoratxona, butunlay qaytadan bunyod etildi.
Qurilish ishlarini Farg‘ona viloyat “Tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash” ma’suliyati cheklangan jamiyat
ustalari amalga oshirishgan. Ulug‘mozor ziyoratgohi shaharning Mashat mahallasida joylashgan.
Xalq orasida “Mashat mozor”, “Chaqqa mozor” nomi bilan mashhurdir. Etnogrf olim
A.Ch.Pisarchikning ta’kidlashicha, bu yer eng qadimiy mozor hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra bu yerga Imom Abdulaziz ibn Abdurazzoq ibn Nasr ibn Ja’far ibn
Sulaymon ibn Sukkon al-Marg‘inoniy dafn etilgan. U juda ham mashhur olim bo‘lgan. Ko‘plab
ma’rifatli insonlarni tarbiyalagan. Maskur ziyoratgohda ham keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari
bajarilgan. Buxorolik Usta Shirin Murodov nomli qurilish jamoasi ustalari bu yerda boshchilik qilib
qo‘li gul ustalarning zahmatli mehnati bilan bu ziyoratgoh ham yanada ko‘rkam qiyofaga boyitilgan.



Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin