Navdpi xorijiy til va adabiyot yo’nalishi 201-guruh talabasi



Yüklə 18,43 Kb.
tarix02.10.2023
ölçüsü18,43 Kb.
#151474
Hisobot Pedamaliyot Sirtqi


NavDPI Xorijiy til va adabiyot yo’nalishi 201-guruh talabasi
Saidova Xumora Vladimir qizining 2022-yil 18-apreldan 2022-yil 29-aprelgacha o‘tagan pedagogik amaliyoti yuzasidan, 17-maktab direktoriga


HISOBOTI

Men Saidova Xumora Vladimir qizi ,Navoiy shahar 17-son maktabda 2022-yil 18-apreldan 2022-yil 29-aprelgacha har kunisoat 13:00 dan 17:05 gacha pedagogik amaliyot o‘tadim. Birinchi kundan biz o’z o’qtuvchilarimziga biriktirildik. Menga amaliyot rahbar etib yuqori malakali o’qtuvchi Ibragimova Sayyora Samatovna belgilandi. 2 hafta mobaynida o’`tuvchimning dars o’tish metodikasini kuzatdim va ko’lab metodik bilimlarni egalladim.


Men asosan 5-, 6-, va 7-sinflarni darslarini kuzatdim. Har kuni soat 13:00da maktabga borib amaliyotni o’tadim. Barcha sinf o’quvchilari darsga a’lo darajada tayyorlanib kelishdi. 5-sinflarga asosan soda mavzular o’tilishi inobatga olib ko’proq o’yinlar va ularni qiziqtiradigan mashg’ulotlar o’tqazish lozim ekan. O’qtuvchimdan qanday qilib qiziqarli o’yinlar tashkil qilishni va baholash tartibini o’rgandim. Chunki bu asosan 5-sinfdagi o’quvchilar uchun juda muhim, hammani to’g’ri baholash juda muhim. 6- sinf o’quvchilari bilan ko’proq reading skilliasosoida ishlanishini bildim. O’qtuvchimiz qanday qilib Grammar Translation metodini to’g’ri qo’llashni ko’rsatdilar. 7-sinf o’quvchilarining dars programasi biroz murakkabroq ekan. Endi ularga asosan speaking va grammatikaga e’tibor kuchli qaratilgan.
Shuningdek, amaliyot davomida men 5-v va 5-f sinflariga o’qtuvchim kuzatuvi ostida dars o’tdim. Dars juda ajoyib o’tdi. Men amaliyotda o’rgangan bilimlarimni a’lo darajada qo’llay oldim deb aytolaman.
Ibragimova Sayyora Samatovnadan shuningdek dars rejasi qanay tuzilishini, vaqtni qanay to’gri taqsimlashni, barcha o’quvchilarni o’ziga qanday jalb qila bilishni va kundalik.uz dan qanday qilib fydalanishni o’rganib oldim
Har kuni maktabda o‘tgan 6 soat davomida ta’lim va tarbiya ishlarini bajardim, maktabda metodik ishlarni uyushtirishda faol qatnashdim, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirdim.2022-yil 29-aprel kuni soat 17:05 da amaliyotni yakunladim.
Amaliyotchitalaba: ___________Saidova Xumora 29.04.2022.
Yüklə 18,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin