Taqiqlovchi plakatlar
6.
|
Ish joyiga kuchlanish berishni taqiqlovchi ko‘chma plakat. Ulanmasin Odamlar ishlamoqda
|
Oq fonda qizil harflar bilan yoziladi. Gardishi 10 mm qalinlikdagi qizil rangda chiziladi 240'130; 80'50
|
Plakat 1000 V dan past va yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladi. Plakat yanglish ulash natijasida ish joyiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan ajratgich, uzgich va o‘chirgichlarning yuritgichlariga, uzoqdan boshqaruvchi apparatlarning knopka va kalitlariga, 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsion apparatlarga (avtomatlarga, rubilniklarga va o‘chirgichlarga) osiladi. 1000 V dan past kuchlanishli kommutatsion apparatlari bo‘lmagan sxemali (chizmali) qo‘shilmalarda saqlagich olingan yerga osiladi
|
7.
|
Odamlar ishlayotgan tarmoqqa kuchlanish berishni taqiqlovchi ko‘chma plakat. Ulanmasin Tarmoqda ish bajarilmoqda
|
Qizil fonda oq harflar. Gardishi 10 mm qalinlikdagi oq rangda chiziladi 240'130; 80'50
|
Bu ham, faqat adashib ulash natijasida odamlar ishlayotgan havo va kabel elektr uzatish tarmoqlariga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlarni boshqaruvchi knopkalar, kalitlar va yuritgichlarga osiladi
|
8.
|
Siqilgan havo, gaz yuborishni taqiqlovchi ko‘chma plakat. Ochilmasin Odamlar ishlamoqda
|
Oq fonda qizil harflar. Gardishi 10 mm qalinlikdagi qizil rangda chiziladi 240 130
|
Elektrostanitsiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida. O‘chirgich va ajratgichlarning pnevmatik yuritgichlari yordamida ishlayotgan odamlarga yoki odamlar ishlayotgan o‘chirgich va ajratgichlarning harakatga kelishi natijasida yanglish siqilgan havo yuborishi; vodorod, karbonad kislota va boshqa gaz quvurlarini yanglish ochish natijasida ishlayotgan odamlarga xavf tug‘dirilishi mumkin bo‘lgan jo‘mrak va surilma qopqoqlarga osiladi
|
|