Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Aholi turmush darajasi sifatini oshirish



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. 
Ko’pchilik mutaxassislar 
marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati” ni 
yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
 
1.
 
tovarlarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi,
 
2.
 
mehnatga haq to’lash darajasi,
 
3.
 
madaniy muhitning sifati va boshqalar.
 
Marketingning asosiy maqsadi , uning vujudga kelish, shakllanish va 
rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd 
qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar to’planib, sotilmay qolgan va 
iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda , uni shu inqirozdan chiqarish quroli 
sifatida ixtiro qilingan, yaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga 
moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan 
korxona tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing 
ko’yidagi muhim vazifalarni hal etmog’i lozim:
 

xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish va aniqlash,
 

tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish,
 

korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish,
 

avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni 
o’rganish,
 

tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
qiziqishini ortirish,
 

tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish 
uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish,
 

tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmat to’g’risida ma’lumotlar olish,
 

to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar 
yig’ish,
 

tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 


275 
qilishdan iboratdir.
 
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy 
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu siz esa sotishning maqbul darajasini 
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida 
hisoblash chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. 
Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi 
xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida 
reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan 
birga xaridor psixologiyasi tovar va firma bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham 
egadir.
 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin