Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


O‘zbekistonda ish haqini isloh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175
O‘zbekistonda ish haqini isloh 
qilishning asosiy yo‘nalishlari 


107 
6 m a v z u . K o r x o n a l a r d a i s h l a b c h i q a r i s h n i t a s h k i l
e t i s h v a b o s h q a r i s h
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil 
etish va boshqarish, bozor sharoitida ishlab chiqarishning maqsadi va vazifalari, 
korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari, so’z va iboralar hamda 
masalalar, muammoli savollar, testlar va boshqotirmalar yechish orqali bilim va 
ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 
6.1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash. 
Korxonalarni yiriklashuvi - yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi 
hisoblanib, u mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning o’sishi orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarishning o’ta yiriklashuvi ham 
o’z vaqtida kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun sanoatning har bir 
tarmog’idagi korxonalar ishlab chiqarish hajmi, xom ashyoni yetkazib kelish va 
tayyor mahsulotni tashish bo’yicha optimal miqdorni belgilab oladi. Ishlab 
chiqarishning optimal miqdori deganda, belgilangan muddatda kam xarajat qilgan 
holda yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida kichik va o’rta korxonalar nisbatan yuqori suratlar bilan 
rivojlanadi. Yiriklari esa asosan tabaqalashadi. Kichik va o’rta korxonalar ishlab 
chiqarishni yangi mahsulotlar bo’yicha qayta ko’rishga, qo’shimcha ish o’rinlari 
ochishga hamda bandlik masalasini hal etishga yaxshi moslashgan bo’ladi. 
Korxonalarni yiriklashtirishni quyidagi har xil shakllar orqali rivojlantirish mumkin:

bir xil tipdagi mahsulotlarni (ixtisoslashgan korxonalar shaklida) ishlab 
chiqarishnii ko’paytirish orqali;

har xil tipdagi mahsulotlarni (har xil mahsulot ishlab chiqaradigan 
korxonalar shaklida) ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali;

korxonalarni kombinatsiyalash asosida kengaytirishni rivojlantirish orqali 
(korxona-kombinatlar shaklida);

ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash asosida kengaytirishni rivojlantirish.


108 

Bu ishlab chiqarishning qiyin shakli bo’lib, buncha korxonaning eng 
yiriklashgan shakli orqali erishish mumkin.

Ishlab chiqarish korxonalarini yiriklashga quyidagi yo’llar orqali erishish 
mumkin:
o
oldindan mavjud bo’lgan mashina, texnologiya, texnik liniyalalarni 
ko’paytirish orqali;
o
katta quvvatga ega bo’lgan mashina va uskunalarni qo’llash orqali;
o
ishlab chiqarish korxonalarni yangi zamonaviy uslubdagi mashina, 
uskunalar bilan qurollantirish orqali;
o
o’zaro bog’liq korxonalarini kombinatsiyalash orqali;
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishlab chiqarishni yiriklashtirishning eng maqsadli 
yo’li bu korxonaga katta quvvatdagi yangi mashina va uskunalarni jalb qilishdir.
Korporatsiya darajasini tahlil qilganda absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar tahlil 
qilinadi. Ishlab chiqarish korxonalarining kengaytirishning alohida o’lchami bilan 
harakterlanadi, uning darajasi esa quyidagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi: 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha yillik asosiy ishlab chiqarish fondlari, 
ishlovchilarning o’rtacha yillik soni. Bo’lardan eng faoli mahsulot ishlab chiqarish 
hajmidir.
Nisbiy kengaytirish har xil o’lchamdagi korxonalar o’rtasida ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmining taqsimoti bilan harakterlanadi. Shuning uchun 
nisbiy kengaytirish darajasi esa shu yildagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi. Butun 
bir korxonada qandaydir mahsulot ishlab chiqarish hajmida korxonaning miqdori, 
bozorda mahsulotlarni sotilishidan korxonaning haqi va hokazolar.
Korxonalarni yiriklashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:

Yirik mahsulot ishlab chiqarish hajmi;

Хodimlarning o’rtacha yillik soni;

Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;

Yillik foydalanilgan elektr energiya miqdori;

Yirik korxonalarning umumiy mahsulotdagi ulushi; %

Тarmoqdagi korxonalarning o’rtacha miqdori.


109 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin