Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175
 K

= (R
mk
/R) 100 (%) . 
 
5.2. Mehnat resurslarini boshqarish 
Korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi mehnat 
unumdorligi bilan ifodalanadi. Mehnat unumdorligi korxona faoliyatining natijaviy 
ko’rsatkichlaridan bo’lib, ular faoliyatning salbiy va ijobiy tomonlarini ifodalaydi. 
Mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda mehnat sarfi samaradorligini 
ifodalaydi va vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori sifatida yoki 
mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan mehnat sarfi sifatida aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi
darajasi ikkita ko’rsatkich bilan xarakterlanadi: vaqt 
birligida mahsulot ishlab chiqarish (bevosita ko’rsatkich); mahsulot yaratishning 
mehnat sig’imi (teskari ko’rsatkich). 
Bu ko’rsatkichlar quyidagi formulalar bilan ifodalanadi: 
 v = V/Т; t = Т/V, 
Bunda: v - vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish; t - mahsulot 
yaratishning mehnat sig’imi; V - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, so’m.; Т - 
mahsulot ishlab chiqarishga ketgan jonli mehnat sarfi, so’m. 
Mehnat unumdorligini oshirish manbalarini quyidagi yo’nalishlarini keltirish 
mumkin: 
1. Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish: 


91 

ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; 

yangi uskunalarni tadbiq etish; 

yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish; 

mahsulotlarning konstruktiv xususiyatlarini oshirish; 

xom-ashyo va yangi konstruktiv materiallarning sifatini oshirish; 
2. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash: 

xizmat ko’rsatish me’yori va hududini oshirish; 

me’yorlarni bajarmaydigan xodimlar soni kamaytirish; 

boshqaruv strukturasini soddalashtirish; 

hisob-kitob ishlarini mexanizatsiyalash; 

ish vaqtini o’zgartirish; 

ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini oshirish; 
3. Тashqi tabiiy sharoitlarni o’zgartirish: 

xom ashyolarni yaratish, yer osti boyliklarini qazib olishni shart-sharoitlari; 

foydali qazilmalarni saqlashni o’zgartirish; 
4. Ishlab chiqarishdagi tuzilmaviy o’zgarishlar: 

mahsulotlar alohida turlarining hissasini o’zgartirish; 

ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imini o’zgartirish - eng qulay 
darajasini aniqlash;

sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlaydigan mahsulotlar hissasini 
o’zgartirish; 

yangi mahsulotlar hissasini o’zgartirish. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin