Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti21



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə16/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#46949
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
laboratoriya

Ishni bajarish tartibi

8.1-rasmda oltin piritli rudaning flotatsiya sxemasi keltirilgan.

Quyidagi formula bo`yicha ruda namunasi uchun eritma ko`rinishida beriladigan reagentlar sarfini oldindan hisoblash zarur:

,

V – reagent eritmasi hajmi, sm3;

q– sinov uchun kerak bo`lgan rudaning massasi, g;

Q – reagent sarfi, g/t;



C – reagent eritmasi kontsentratsiyasi, %.


  1. 200 g miqdordagi ruda namunasini quyidagi sharoitda Q:S:Sh = 1:0,5:6 sharli tegirmonda yanchiladi.Tegirmonga hisob bo`yicha 500 g/t ohak qo`shiladi. Rudaning yanchilish yupqaligi 0,074 mm sinfi bo`yicha 70% ni tashkil qiladi, buning uchun yanchish 15 daq davom etadi.

  2. Bo`tana flotatsiya kamerasiga o`tkaziladi, mashina ishga tushuriladi.

  3. pH=9,0-9,5 bo’lgunga qadar muhit sozlovchilar (ohak) qo`shiladi (zaruz hollarda).

  4. Moslovchi qo`shiladi (natriy sulfidi) - 50; 200; 600; 1800; 5400 g/t (O`qituvchi aniqlaydi). Aralashtirish vaqti – 3 daqiqa.

  5. Faollashtiruvchi reagent qo`shiladi (mis kuporosi) – 100 g/t. Aralashtirish vaqti – 3 daqiqa.

  6. Tazyiqlovchi reagent qo`shiladi (suyuq shisha) – 100 g/t. Aralashtirish vaqti – 3 daqiqa.

  7. Hisob bo`yicha 100 g/t to`plovchi reagent qo’shiladi (butil yoki izopropil ksantogenati). Aralashtirish vaqti – 2 daqiqa.

  8. Hisob bo`yicha 10 g/t ko`pik hosil qiluvchi reagent T – 80 qo`shiladi. Aralashtirish vaqti –1 daqiqa.

  9. Qoldiq sulfid kontsentratsini aniqlash uchun namuna olinadi.

  10. Havo sarfi aniqlanadi va 5 daqiqa davomida oltin va sulfidli minerallarning asosiy flotatsiyasi jarayoni boshlanadi. Flotatsiya ko’pik chiqishi tugaguncha yoki ko’pikning rangi o’zgargancha davom etadi.

  11. Hisob bo`yicha 25 g/t to`plovchi reagent ksantogenat qo’shiladi. Aralashtirish vaqti – 2 daqiqa.

  12. Hisob bo`yicha 10 g/t ko`pik hosil qiluvchi reagent T – 80 qo`shiladi. Aralashtirish vaqti –1 daqiqa.

  13. Qoldiq sulfid kontsentratsini aniqlash uchun namuna olinadi.

  14. Havo sarfi aniqlanadi va 10 daqiqa davomida nazorat flotatsiyasi o’tkaziladi. Flotatsiya ko’pik chiqishi tugaguncha yoki ko’pikning rangi o’zgargancha davom etadi.

  15. 1 – Oraliq mahsulot va tashlandiq chiqitlar quritiladi va o`lchanadi. Olingan natijalar laboratoriya jurnaliga kiritladi.

  16. Tozalanmagan oltin – sulfidli boyitma 0,1 dm3 hajmli kameraga o’tkaziladi, suv solinadi.

  17. Hisob bo`yicha 10 g/t to`plovchi reagent ksantogenat qo’shiladi. Aralashtirish vaqti – 2 daqiqa.

  18. Qoldiq sulfid kontsentratsini aniqlash uchun namuna olinadi.

  19. Havo sarfi aniqlanadi va 10 daqiqa davomida oltin va sulfidli minerallarning qayta tozalash flotatsiyasi o’tkaziladi. Flotatsiya ko’pik chiqishi tugaguncha yoki ko’pikning rangi uzgargancha davom etadi.

  20. 2 – oraliq mahsulot va boyitma quritiladi va o`lchanadi. Olingan natijalar laboratoriya jurnaliga kiritladi.

  21. Quritilgan birinchi va ikkinchi oraliq mahsulotlar birlashtiriladi va aralashtirilib o’rtachalashtiriladi.

  22. Sxema bo`yicha olingan flotatsiya mahsulotlaridan cho’michlash usuli bilan tarkibida qimmatbaho komponentlar miqdorini aniqlash uchun namuna saralandi. Metallar muvozanati hisoblanadi.




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin