Navoiy davlat konchilik instituti


Tor qamrovchi kombaynlar bilan ko’mir qazishning afzalliklari



Yüklə 20,97 Kb.
səhifə6/9
tarix16.12.2023
ölçüsü20,97 Kb.
#183761
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yer osti qazish kon ishlari kon mashinalari va avtomatlashtirilg-fayllar.org (1)

Tor qamrovchi kombaynlar bilan ko’mir qazishning afzalliklari
va ularning texnik tavsiflari
Tor qamrovchi kombayn zamonaviy qazib olish uskunalari kompleksining asosiy qazuvchi mashinasi bo’lib, mexanizatsiyalashgan suriluvchi hamda yakka mustaxkamlagichlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Kombayn lavaning ish suratini, mexnat unumdorligini va qazish uchastkasining barcha texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini belgilaydi, shuning uchun unga yuqori talablar qo’yiladi. Kombayn sodda va ishonchli konstruktsiyali bo’lishi va quyidagilarni ta’minlashi kerak: yuqori unumdorlik va samaradorlik, qazish ishlari intensivligi; butun qatlam qalinligi bo’yicha barcha qattiqlikdagi va yopishqoqlikdagi ko’mirni qazib olish va yuklash, bunda ko’mirni maydalanishi va chang ko’tarilishi minimal darajada bo’lishi, eng kam energiya sarfi; massivdan nishasiz o’zi uchun burg’ulab ish zaboyini yaratish; o’zgaruvchan haraktlanish tezligini avtomatik boshqarish, yuklamalardan ishonchli himoyalanish; qo’llanish ko’lamining kengligi. Undan tashqari kombayn sanitar-gigienik qoidalarni komfort ish sharoitlarini ta’minlashi zarur.
Tor qamrovchi kombaynlarni ratsional qo’llash ko’lami:

  • 0,55 - 0,8 m qalinlikdagi qatlamlarda – vertikal aylanish o’qli burg’ilovchi va barabanli ishchi organli kombaynlar

  • 0,8 - 1,2 m qalinlikdagi qatlamlarda – gorizontal aylanish o’qli barabanli ishchi organlardan tashqari barcha kombaynlar

  • antratsit qatlamlari, energetik ko’mir, qayerdaki ko’proq iqtisodiy samara beruvchi yirik o’lchamli qirindi chiqishi kerak bo’lsa – burg’ilovchi ishchi organli kombaynlar

  • yon qoplama tog’ jinslari bilan aniq chegaraga ega bo’lgan qatlamlarda ko’mirni intensiv ajratib olishda, barqaror krovlyada – vertikal aylanish o’qli barabanli ishchi organli kombaynlar

  • krovlyasi barqaror bo’lmagan, qatlam qalinligi o’zgaruvchan qatlamlarda va kombaynni boshqarish qiyinlashgan va kuzatish imkoniyati kamaygan zaboylarda – boshqaruv pulti ko’chiriladigan kombaynlar qo’llaniladi



Yüklə 20,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin