mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular erga ma`lum ijobiy sharoitlar bulganda, masalan, yomg’ir,
qor va shabnam kabi erga yog’ilayotgan og’ir zarralarga ilashib qo`nishi mumkin;
v) kattaligi 0,25 mkm dan kichiq bulgan changlar
ultra mikroskopik changlar deb yuritiladi va bu
changlar hech qachon erga qo`nmay, betartib harakat qilib, uchib yuradi.
Chang inson organizmiga nafas olish organlari orqali kirib, kasallikka olib keladi. Silikoz, silikatoz,
changli bronxit, branxal astma, pnematiya va boshqa kasalliklar changdandir.
Umumiy sanitariya talablariga muvofiq havodagi changning ruxsat etiladigan konsentratsiyasi
(GOST bo’yicha) ishlash joyida 1mg/m
3
dan 10 mg/m
3
gacha bo’lishi mumkin. Buni o’lchashning turli
usullari bulib, changning og’irlik o’lchash usuli eng qulayidir. Bu usulda changli iflos havoni tuzitib, filtr
orqali o’tkazishga va filtr og’irligini o’lchashga asoslangandir. Filtrlovchi material sifatida polimerli
smoladan tayorlangan FPP (Petryanov filtri) materiallari ishlatiladi. FPP da filtrlovchi tuqima sifatida
perxlorvinil va diatsetit sellini, bunga sabab ularning gidrofoblik va kislota, ishqor, tuzlarning
erituvchilariga nisbatan yuqori ximiyaviy chidamliligi bilan ajralib turadi. Asetat tolalardan tayyorlangan
to’qimalarda gidrofoblik bo’lib, kislota asos ta’siriga unchalik chidamli emas, ammo 10
0
C issiqlikka
chidamli.Perxlorvinilning filtrlash qobiliyati 100% ga yaqin. Ish joyidagi havoning changdan
himoyalanish vositalaridan biri, shamollatgichlar o’rnatish. Ammo ishlab chiqarishdagi katta
korxonalarda bu vositalar orqali changni yo’qotish unchalik samarali emas. Shu sababli ham bunday
korxonalarda nafas olish organlarining individual himoya vositalari (SIZOD – sredstva individualnoy
zashiti organov dixaniya) ishlatiladi. Bular orasida ShB-1 respiratorlari, "Lepestok", Astra-2,U-2K,RP-
KM, "Kama", "Snejok", F - 62ShM va boshqalar ayniqsa qulaydir.