Pulni olish bilan ba'zi muammolar bo'lishi mumkin (in Uzbekistan)
Firibgarlarga duch kelishingiz mumkin
Asosan Ingliz tilini bilish talab etiladi
Aytaylik, sizda ishni boshlash uchun hamma narsa yetralik. Sizning ma'lum bir sohada bilimingiz bor, internet aloqasi yaxshi, shaxsiy komputeringiz bor, Ingliz tlini bilasiz. U holda ishni nimadan boshlash kerak .
Hozir sizga o'z freelancerlik faolyatingizni boshlash uchun, bir necha mashhur platformalarni taqdim etaman.
Elance.com – Freelancerlar orasida yaxshi hurmatga ega bo'lgan sayt. Siznig bilimlarigiz mustahkam bo'lsa bu yerda siz hech ikkilanmay oyiga 2000$ gacha foyda olishingz mumkin.
Peopleperhour.com – Bir soatga yollanadigan frelanserlar tarmog’i. Bu platformada har kim o'zi uchun bir soatlik narxini qo'yadi. Agar sizga ishchi kerak bo'lsa bu yerdan o'zingizga ma'qul hodim topa olasiz.
Textbroker.com – Bu joy faqat yozuvchilar uchun desam ham bo'ladi. Bu joyda ish juda ko'p, ammo narx qolganlarga qaraganda pastroq yuradi.
Behance.net – Iqidorli dizaynerlar uchun yaxshigina pul ishlab olish imkonini beruvchi tarmoq. Raqobat juda kuchli. Ammo hamma joyda ham tajribali hodimga ish topiladi. :)
Upwork.com – Elance tizimining raqobatdoshi. Iqtidorli, bilimli bo’lib o’z ishingizni ko’rsata olsangiz bo’lgani – internet orqali pul ishlashda hech qanday muammo bo’lmaydi. Qolaversa bizning yurtimizda ham bu platforma ancha mashxur.
Va yana shunga o'xshash ko'plab platformalar mavjud, bular eng ko'p foydalaniladigan va ishonchlisi.
Sizda yana bir savol paydo bo'lishi mumkin. Bu yerda qanday sohalar bo'yicha ish topsam bo'ladi. Siz bu yerda juda ko'p sohalarda ish topishingiz mumkin, ulardan eng mashxurlarini sanab o'taman:
Data Entry- Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Misol uchun kimningdir excel fayliga ma'lumot kiritish kerak. Word fayllarni tahrirlash kerak. Ma'lumotlarni qayta to'ldirish kerek va hakazo.