Loyihani kraudfanding orqali moliyalashtirishda retsipientlar va donorlar kimlar?
Kraudfanding saytlariga misol keltiring
Kraudfanding maqsadlari?
Mashhur Kraudfandinglarga misollar keltiring.
“INFORMATIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR”
Laboratoriya mashg‘uloti
(III semestr)
1-laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Zamonaviy raqamli texnologiyalar: smart texnologiyalar(gadjetlar), buyumlar interneti (IoT-Internet of Things), simsiz internet, Wi-Fi 6 va 5G, 3D bosma texnologiyalar, robototexnika. Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi –Raqamli texnologiyalarning smart texnologiyalar(gadjetlar), buyumlar interneti (IoT-Internet of Things), simsiz internet, Wi-Fi 6 va 5G, 3D bosma texnologiyalar, robototexnika kabi turlari bilan tanishish va foydalanish.
Nazariy ma’lumotlar:
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi:
• real tovarlar va xizmatlar ta'minotchilari hamda xaridorlari sektori;
• dasturiy ta'minot va texnologiyalar ishlab chiquvcliilar seklori:
• qonunchilik bazasi. kadrlar layyorlash tizimi, barcha turdagi ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma. Bunda u quyidagi yo‘nalishlami va texnologik segmentlami o‘z ichiga qamrab oladi:
• Bigdata:
• Sun’iy intellekt:
• Blokcheyn;
• Kvant texnologiyalari;
• Ishlab chiqarish texnologiyalari:
• Sanoat interneti;
• Robototexnika;
• Simsiz aloqa:
• Virtual reallik.
AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik ta’lim texnologiyalari, balki elektron ta’lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (ingl. — aqilli, mushohadali, harakatchan) e-learning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnologiyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi.
Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqilli taxta», «aqilli ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayonini baholovchi asosiy element sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.
Zamonaviy Smart ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan ikkita asosiy maqsadi mavjud bo‘lib, ular:
1. O‘quvchilarda bilim olish uchun zarur bo‘lgan barqaror motivatsiyani yaratish.
2. Ijodiy yechimlar yordamida bilim o‘zlashtirishning yangi shakli va instrumentlarini izlab topishdan iborat.
Qisqacha aytganda, Smart ta’lim — bu ta’lim muassasalari hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining umumiy standartlar, kelishuvlar va texnologiyalar asosida yagona Internet tarmog‘i orqali ta’limni amalga oshiruvchi birlashmasidir. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham ta’lim jarayonida AKTni qo‘llash borasida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda, jumladan, joriy o‘quv yilida universitetning «Teleradioeshittirishlar tizimlari» kafedrasining Internetda Lincom.uz (Learning in communication) nomli sayti tashkil etilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinli (2-rasm) bo‘ladi.