BigDatatexnologiyalariningrivojlanishtarixi. «Big Data», ya’ni “Salmoqli ma’lumot” atamasi kuniga 100 Giga baytdan ko‘p ma’lumot tushadigan oqimlarga nisbatan qo‘llanilgan. Keyinchalik ma’lumotlarning keskin ko‘payishi oqibatida bu tushuncha keng qamrov kasb eta boshlagan. Ushbu atama odatda (terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasidagi) katta hajmdagi ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Salmoqli ma’lumot atamasi ilk bor matbuotda 2008 yili paydo bo‘lgan, o‘shanda «Nature» jurnali bosh muharriri Klifford Linch o‘z jurnalida katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlovchi texnologiyalar yordamida ilm-fan kelajagini rivojlantirish mavzusida o‘z maqolasini chop etgan. 2009 yilgacha bu atamaga faqat ilmiy tahlil nuqtai nazaridan yondashilar edi, ammo ilmiy jurnallarda ushbu mavzu bo‘yicha yana bir nechta maqolalar chop etilganidan so‘ng «Big Data» tushunchasidan keng foydalana boshlandi.
2011 yilda «Microsoft», «Oracle», EMC va IBM singari yirik kompaniyalar salmoqli ma’lumotlarga qiziqib qolishdi – ular o‘z rivojlanish strategiyalarida etarlicha muvaffaqiyatga erishish uchun «Big Data» ishlanmalaridan birinchi bo‘lib foydalanishni boshlashdi.
Oliy ta’lim muassasalari salmoqli ma’lumotlarni alohida fan sifatida o‘rgatishga 2013 yildayoq kirishdi – endi ushbu soha muammolari bilan nafaqat ma’lumotlar haqidagi fan, balki hisoblash ob’ektlari bilan birlashgan muhandislik ham shug‘ullanadi.
«Big Data» — bu faqat ma’lumotlarning o‘zi emas, balki ularni qayta ishlash va foydalanish texnologiyasi, juda katta oqim ichidan kerakli axborotni izlash uslubidir.