Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti "informatika" kafedrasi



Yüklə 3,4 Mb.
səhifə24/67
tarix14.09.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#143465
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
Informatika va RT-3-semestrMajmuaBERDIYEVA

Nazorat savollari:


1. Bulutli hisoblashning mohiyati nimada?
2. Bulutli saqlash nima?
3. Bulutli saqlashni tashkil qilish usullari qanday?
4. Turli platformalarda o‘z bulutli ma'lumotlar omboringiz yarating va unda ma’lumotlarni saqlang.
5. Yozma hisobot tayyorlang.
3-Amaliy ish.
Mavzu: Blokcheyn texnologiyalarining jahon miqyosidagi o‘rni, roli va uni rivojlantirish istiqbollari.


Amaliy ishning maqsadiBlokcheyn texnologiyalarining yaratilishi


Nazariy qism
Blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Bu ma’lumotlar to‘plami bloklar deb ataladigan va tartibga solingan qaydlar doimiy o‘sib boradigan ro‘yxatda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilarning ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmydi, yopiq kalitlar mavjudligi esa bloklar zanjirlarining ma’lum bir qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi va biz buni yaxshi metafora deb hisoblaymiz.
Har bir kishi internetda axborot joylashtirishi, so‘ngra boshqa odamlar unga dunyoning istalgan nuqtasidan turib ulanish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Bloklar zanjirlari blokcheyn fayli yoki qandaydir qadriyatlar ochiq bo‘ladigan dunyoning istalgan nuqtasiga ma’lumotlar jo‘natishga imkon beradi. Biroq sizda faqat siz «egalik» qiladigan bloklarga kirish imkonini berish uchun kriptografik algoritm bo‘yicha yaratilgan yopiq kalit bo‘lishi lozim. Yopiq kalitni kimgadir berar ekansiz, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo‘limida saqlanadigan pul mablag‘larini bergan bo‘lasiz.Bitkoinlar holatida, kalitlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiymatni ifodalaydigan valyutadagi ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi. Xuddi shu bilan mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga oshiriladi.Bundan tashqari, yana bir muhim funksiya –ishonchli munosabatlar o‘rnatish va shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshiriladi , chunki mos keluvich kalitlarsiz bloklar zanjirini hech kim o‘zgartira olmaydi. Tegishli kalitlar bilan tasdiqlanmagan o‘zgarishlar esa rad qilinadi. Albatta, kalitlar (jismoniy valyuta kabi) nazariy jihatdan o‘g‘irlanishi mumkin, lekin kompyuter kodining bir nechta satrini himoya qilish odatda katta harajatlar talab qilmaydi (masalan, buni mash’ur Fort-Noksda oltin zaxirasini saqlash harajatlari bilan taqqoslang).

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin