Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti "informatika" kafedrasi



Yüklə 3,4 Mb.
səhifə33/67
tarix14.09.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#143465
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Informatika va RT-3-semestrMajmuaBERDIYEVA

Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi o‘tgan asrning 80-yillari boshlarida sun’iy intellekt ishlab chiqishda mustaqil yo‘nalish shakllangan bo‘lib, u “ekspert tizimlar” deb nomlandi. Ekspertning (yoki ekspertlar guruhining) o‘rnini egallashi hamda murakkab muammolarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish mumkin bo‘lgan intellektual tizimlar,birinchi navbatda, harbiylarga kerak bo‘ldi, keyin tibbiyot xodimlariga, undan keyin esa bunday tizimlarni joriy qilish bilan inson faoliyatining hamma soha mutaxassislari shug‘ullana boshladi. Ishlanmalarning maqsadi – murakkab funksiyalarni bajarishda natija beradigan, ekspert yoki mutaxassis-ekspertlar guruhi taklif qilgan yechimlardan sifat va samaradorligi bo‘yicha qolishmaydigan dastur yaratishdir. Ekspert tizimlarning ishlab chiqaruvchilari o‘z fanlari nomi uchunE. Feygenbaum tomonidan kiritilgan “bilimlar injeneriyasi” degan atamadan foydalandilar. Ushbu atama mazkur bilim sohasi nomi sifatida keyinchalik keng tarqaldi. Mantiqiy xulosa chiqarish tizimlaridan (ekspert tizimlaridan) tashqari boshqa yo‘nalishlar ham rivojlantirildi (masalan, neyron tarmoqlar). Obrazlarni farqlay olish uchun tizimlar, jumladan, tabiiy tilni idrok qiladigan tizimlar paydo bo‘ldi. Ba’zi ishlanmalar foydalanishda shu darajada qulay bo‘ldiki, ularning tijorat analoglari ham paydo bo‘la boshladi.
Buyumlar interneti - bu nima degani o‘zi?
Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi - yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan. Hozirda internet orqali yozishmalar, video qo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqdamiz.

Ha, hayron bo‘lmang. Aslida internetdan foydalanadigan buyumlar zamonasi ham allaqachon boshlangan. Shu sababli ham bu soha «buyumlar interneti» deb nomlanish olgan bo‘lib, axborot texnologiyalari evolyutsiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi.
«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining o‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. Unga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vositalar, masalan, ko‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil to‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qo‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bo‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya'ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali o‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda. Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana o‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bo‘lgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham «buyumlarniki» bo‘lib qoldi. Chunki, o‘sha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan odamlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari o‘sishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon bo‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham o‘zib ketgani iddao qilinmoqda.
Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bo‘lgani bu - erinchoqlikdir. o‘sha Romki ham tosterni o‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Ular esa, internet orqali o‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini ko‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qo‘yib yoqib qo‘yadi. Zo‘r-a? To‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.
Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar ko‘p bora allaqachon uydan chiqib bo‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba'zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qo‘shnilarni ham qiynab qo‘ygan holatlar bo‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. o‘sha dazmolni basharti o‘chirmay chiqqan bo‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan ko‘p qo‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda o‘zini-o‘zi tokdan o‘chirsin. Suv tashib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini «aytadi»). Bular oddiy, maishiy misollar. Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga o‘rnatsangiz, uyingizga «chaqirilmagan mehmon» kelishi bilan u o‘z o‘zidan ishga tushib, poygakdagi odamni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, o‘sha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga xabar berib, qo‘shimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto «02» ga o‘zi qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning o‘zi tomonidan internet orqali bajariladi.



Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin