NAZORAT SAVOLLARI
Bulutli hisoblash nima?
Bulut xizmatlarini taqdim etuvchi qaysi kompaniyalarni bilasiz?
Bulutdan taqdim etiladigan bepul joylarning web tizimlar bo`yicha qiyosiy tahlilini amalga oshiring. Masalan, Google 15 Gb joyni bepul ishlatish uchun taqdim etadi.
Bulutli modellarning nechta turini bilasiz?
2-Ma’ruza: Blockchain texnologiyasi.
Reja:
Blokcheyn texologiyalari haqida.
Blokcheyn va ta’lim tushunchasi.
«Blokcheyn» – bu nafaqat moliyaviy operatsiyalarni, balki deyarli har bir narsani yozib olish uchun dasturlashtirilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy bitim va munosabatlarning buzilmaydigan raqamli kitobidir. Blokcheyn haqiqatan ham barchani eng yuqori mas’uliyatga va javobgarlikka tortadigan mexanizmdir. Blokcheyn yordam beradigan asosiy narsa reestrga qayd etilgan tranzaktsiyalarning haqiqiyligini kafolatlash, bularning barchasini xavfsiz tekshirish mexanizmi orqali bir-biriga bog’langan zanjirli bloklardir.
Blokcheyn – pulli va intelektual mulkni o’z ichiga olgan raqamli tovarlarni tezkor, ishonchli va shaffof ravishda uzatishga imkon beruvchi texnologiyadir. Sodda qilib aytganda, bu – biron bir shaxsga, davlatga tegishli bo’lmagan kompьyuterlar klasteri tomonidan boshqariladigan o’zgarmas yozuvlar to’plamidir. Ushbu ma’lumotlar bloklarining har biri kriptografik printsiplardan (ya’ni zanjirlardan) foydalangan holda himoyalangan va bir-biri bilan bog’langan.
Blokcheyn tarmog’i markaziy hokimiyatga ega emas – bu demokratik tizim mevasi. Blokcheyn umumiy va o’zgarmas jurnal bo’lganligi sababli, undagi ma’lumotlar hamma uchun va hamma ko’rib turadi. Demak, blokcheynda ko’rilgan har bir narsa ochiqdir va ishtirok etgan har bir kishi o’z qilmishlari uchun javobgardir. Minglab kompьyuterlar tarmog’ida saqlanadigan (joylashtirilgan) ma’lumotlar yangilanib turiladi, undagi yozuvlar ommaviydir va oson tekshirilib turiladi. Xakerlarning buzishi uchun ushbu ma’lumotlarning markazlashtirilgan versiyasi yo’q va bu ma’lumotlardan internet orqali hamma foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |