Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


-yilning iyul oyida Qozog‘iston va Oʻz



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə59/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

1993-yilning iyul oyida Qozog‘iston va Oʻzbekiston o‘rtasida 1994-2000-yillarda .iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida bitim imzolandi. 1994-yilning yanvarida yagona iqtisodiy hududni barpo qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnomaga 1994-yil aprel oyida Qirg‘iziston Respublikasi qo‘shildi. Uch davlat o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya qo‘mita tuzildi, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki ta’sis etildi. Ana shu organlaming ishi natijasida Bishkekda Respublikalar Bosh vazirlari Kengashi qarori imzolandi. Unda tomonlar 2000-yilga qadar respublikalami iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirishning yo‘nalishlari belgilandi.
1994-yil 8-iyulda I.Karimov boshchiligidagi davlat delegatsiyasi Oʻzbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalari davlat va hukumat boshliqlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Almatiga bordi. Qozog‘iston Prezidenti qarorgohida uch mamlakat rahbarlarining yakkama-yakka suhbati bo‘lib o‘tdi. So‘ng delegat-siyalaming kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Mu-zokaralar nihoyasida Prezidentlar I.Karimov, Nursulton Nazar-boyev va Asqar Akayev birgalikda bayonot hamda Oʻzbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalqlariga Murojaatnoma qabul qildilar. Shimingdek, aholi migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum hamda uchala mamlakat o‘rtasida Markaziy Osiyo Ham-korlik va taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Hukumat rahbarlari esa davlatlar o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot sohasidagi hukumatla-raro bitim va shartnomalami, shuningdek, axborot bilan ta’minlash sohasidagi bitimlami imzoladilar.
Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashriflari: sarhisob va keyingi davlatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil davomida 9ta davlatga, xususan 16 marta turli darajadagi tashriflarni amalga oshirdi. O‘zbekiston yetakchisining ilk rasmiy tashrifi bundan 13 oy avval, Turkmanistonga bo‘lgandi.
Shundan so‘ng, Ostona va Moskvaga rasmiy tashrifni amalga oshirgan Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Xitoy, Saudiya Arabistoni va AQShda ham bo‘ldi.
Joriy yilda Shavkat Mirziyoyevning ilk rasmiy tashrifi 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasiga bo‘ldi. Oradan besh kun o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining noformal maslahatlashuv yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ostonaga uchib ketdi.
Ozarboyjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliyevning xabar berishicha, taxminan may oyining ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyevning Bokuga tashrifi kutilmoqda.
«Ikki davlat rahbarlarini juda yaxshi aloqalar bog‘lab turadi, ular bungacha bir nechta rasmiy tadbirlarda uchrashishgan, o‘zaro fikr almashishgan», deydi u.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston vakillari Bokuda neft va gaz sektorida, agro sanoat komplekslari, qurilish materiallari, oziq-ovqat sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishishi kutilmoqda. Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan Boku-Tblisi-Kars yo‘nalishidagi temir yo‘l loyihasi bo‘yicha ham fikr almashishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 2017 yil 11 oktabr kuni MDH doirasida Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksander Lukashenkoning Toshkentga tashrifiga qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda. U so‘nggi marta O‘zbekistonga 2016 yil 6 oktabrda tashrif buyurgandi. Shu orada mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar rivojlanib, hamkorlikning yangi bosqichi zabt etildi.
9 iyun kuni Xitoyda ShHTga a'zo davlat rahbarlarining sammiti o‘tkazilishi e'lon qilingan bo‘lib, katta ehtimol bilan ushbu sammitda Shavkat Mirzyoyevning ishtiroki tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Boku tashrifidan tashqari, bir vaqtning o‘zida Hindistonga rasmiy tashrif bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Hindiston Davlat Tashqi ishlari vaziri Mubashshir Javad Akbar Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjuman davomida ma'lum qilgandi. Hindistonlik amaldorning ta'kidlashicha, ushbu uchrashuv joriy yilning kuz oylarida amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin