67
•
tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir:
1)
xun to‘lovchiga;
2)
og‘ir qarzdorga;
3)
miskin qashshoq kishiga.
•
ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda bexosdan
qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham,
ulgursangiz uni ekib qo‘yavering.
•
Kimki hayotda tejamkor bo‘lsa, zinhor
qashshoqlikka tushmaydi.
•
Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do‘zahga
mahkumdir.
•
Ilmga nisbatan go‘yo go‘pon kabi posbon
bo‘linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qilguvchi
bo‘lmanglar.
Hadislarda
mulk,
mol-dunyo,
mehnat,
halollikning
afzalligi va boshqa iqtisodiy, xo‘jalik
masalalari borasida ko‘p so‘z yuritiladi. Inson uchun mol-dunyo
zarurligi, mehnat qilish yo‘li bilan halol boylik orttirish va dunyo
lazzatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ammo “mol-dunyo ketidan quvmasangizlar, deb qo‘rqgaymen,
xolos”, degan ekanlar payg‘ambarimiz. Bu fikr naqadar to‘g‘ri ekanligi
hozirgi kunda aniq ko‘rinib turibdi. Boylikni to‘g‘ri sarf qilmoq kerak.
“Faqat ikki narsaga hasad qilmoq mumkin: biri – Olloh taolo bir kishiga
mol-dunyo bersayu, u o‘z boyligini ezgu yo‘lda
sarflab tugatsa,
ikkinchisi, Alloh taolo bir kishiga ilmu-hikmat ato etasayu, u bilimidan
to‘g‘ri foydalanib, boshqalarga ham o‘rgatsa”, deb aytiladi hadisda.
Imom Buxoriyni “Jomiy as-sahih” to‘plamidagi “bozorlar
xususida”gi bobda shunday deyiladi: “Odamlar bozorga mol olib
kelayotganlarini to‘xtatib, ulardan yeguliklar sotib olishar va o‘shal
yerning o‘zida ularning qayta sotishar edi. Shu boisdan janobi Rasul olib
sotarlarga odam yuborib, taomni sotib olingan yerning o‘zida sotishni
man qildilar va uni taom sotiladurgon joyga olib borib sotishni amr
qildilar”.
Bizga hozir yaxshi ma’lumki
mahsulot bahosi bozorda, talab va
taklif asosida erkin shakllanadi va uni sun’iy ravishda tartibga solish
qiyin. Payg‘ambarimiz bilan bo‘lgan yana bir hodisada shu narsa aks
ettirilgan. Bozorlarda narx-navolar ancha ko‘tarilganda, xokimlardan
68
biri payg‘ambarimizga “siz
bir fatvo berib, bozordagi narsalarni
pasaytirishga imkon bersangiz”, deb iltimos qiladi. Shunda
payg‘ambarimiz shunday deb javob qilgan ekanlar: “Bozordagi narx-
navo mahsulot mo‘l-ko‘lligiga bog‘liq. Agar narxni pasaytirish
to‘g‘risida
fatvo berilsa, sotuvchilar o‘z mahsulotini yashirib, sotmay
qo‘yadi va baholar yanada oshib ketadi. Shu sababli bozorga tegish
kerak emas. Faqat nonga bo‘lgan narxni vaqtincha tartibga solish
mumkin”. Demak, bozorning o‘rni nihoyatda to‘g‘ri tushunilganini
ko‘rish mumkin.
Islomda savdo-sotiq ishlarida amal qilinadigan
shartlardan yana
biri biror savdogarning boshqa savdogar amalga oshirayotgan savdosini
buzmasligidir. “Birortangiz, birodaringiz savdosini ustiga savdo
qilmangiz!” deyilgan. Kitobda “juf’a” tushunchasi ham ko‘rsatilgan
bo‘lib, “juf’a”ning mohiyati va shartlari ochib beriladi. “Juf’a iqtisodiy
munosabatlarda ayon bo‘lib, yerlari tutash qo‘shnilarning birinchi bo‘lib
sotib olish huquqlarini anglatadi. “Juf’a” bo‘yicha, o‘z uyi va yerini
sherigining ruxsatisiz sota olmasligi,
sotganda ham agar ikki
qo‘shnining eshiklaridan qaysi biri yaqinroq bo‘lsa, faqat unga
boshqalarga qaraganda arzonroq narxda sotish lozimligi ko‘rsatilgan.
“Qo‘shniga uy – joylarining tutashligi bilan boshqalardan ko‘ra
haqliroqdur” deyiladi.
Zakot bilan birga boshqa soliq turlari bo‘yicha ham tavsiyalar
berilgan. “Ariq yoki yomg‘ir suvi bilan sug‘oriladigan ekinga ushr
(hosilning o‘ndan biri), chig‘ir yordamida sug‘oriladigan ekinga yersa,
rim ushr soliq solingaydir”. Bu juda ajoyib va oqilona taklif. Chunki o‘zi
oqar suvlar nisbatan kam xarj va aksincha, chig‘ir xarji ko‘r. Ba’zi
narsalar uchun soliq bekor etilgan. Masalan, asalga soliq solmoqni lozim
ko‘rmaganlar.
Mulk,
meros
bo‘lish,
savdo-sotiq, toshu-tarozi, halollik,
sotilayotgan molning kamchiligini aytib sotish kabi ko‘plab
munosabatlar nihoyatda oqilona hal etiladi. Ularga amal qilish hozirgi
davrda ham ahamiyatlidir
46
.
46
Razzoqov A.. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 80-81-b.