ODAMLARGA TA’SIR O‘TKAZA OLISH SAN’ATI Insonlarga ta’sir o‘tkaza olasizmi? Bu savolga bo‘ladigan javobingiz sizdagi jamoatni boshqara olish, xizmatchilarga majburiyatlarni yuklay bilish, o‘z g‘oyalaringizni «yuqoridagilar»ga etkazish, o‘z hamkori yoki xaridorni ishontirish muhim ahamiyat kasb etadigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qobiliyatingizni aniqlab beradi. Quyidagi test savollariga javob berib, o‘z mahoratingizni sinab ko‘rishingizni maslahat beramiz.
YAxshi kiyinadigan va har qanday sharoitda o‘zini tuta biladigan kishilar asabingizga tegadilarmi?
O‘zingizni biror aktyor yoki siyosiy arbob o‘rnida tasavvur eta olasizmi?
O‘z sevgi hissiyotlaringiz to‘g‘risida o‘zgalar bilan suhbatlasha olasizmi?
Sizga nisbatan qilingan xurmatsizlikka javob qaytarishga shoshilasizmi?
Siz uchun muhim hisoblangan sohada, boshqa kishilarning erishgan yutuqlari kayfiyatingiz buzilishiga sabab bo‘la oladimi?
6. O‘z imkoniyatlaringizni atrofdagilarga ko‘z-ko‘z qilish maqsadida, o‘zingiz uchun juda qiyin bo‘lgan vazifalarni ham bajarishga kirishasizmi?
O‘z ishingizda yuqori natijalarga erishish yo‘lida barcha narsadan kecha olasizmi?
Xar qanday ish va hattoki dam olish qattiq tartib asosida amalga oshiriladigan hayot shakli sizga yoqadimi?
10. Xonangizni qayta jihozlash yoki mebel o‘rnini almashtirish yoqadimi?
11. Eski masalalarni yangi usulda echib ko‘rishga urinasizmi?
12. O‘ziga bino qo‘ygan, dimogdor kishilar asabiga tegishdan huzurlanasizmi?
13. Boshlig‘ingiz yoki boshqa taniqli kishilarning nohaq ekanliklarini isbotlashga urinasizmi?
To‘plagan ballaringizni quyidagi tizim asosida hisoblab chiqing: birinchi, sakkizinchi, to‘qkizinchi savollarga berilgan «yo‘q» javobining xar biri uchun bir ball qo‘shiladi, «ha» javobi uchun esa ball hisoblanmaydi. Qolgan barcha savollarga bergan har bir ijobiy javobingizga bir ball hisoblang. Agar siz 7 va undan ortiq ball to‘plagan bo‘lsangiz, bilingki siz boshqalarga nisbatan o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan kishisiz. Sizda atrofingizdagilarni o‘zingizning haqligingizga ishontira olish qobiliyati bor. Biroq juda agressivlashib ketishdan ehtiyot bo‘ling. Agar 6 va undan kam ball to‘plagan bo‘lsangiz, demak qanchalar haq bo‘lishingizga qaramay boshqalarni bunga ishontirish siz uchun qiyin kechadi. Siz kishilar bilan bo‘ladigan o‘z muloqotlaringiz uslublarini mukammallashtirish xaqida o‘ylashingiz kerak.