Tashkiliy-ma`muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi.Bu usullarga:
boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash;
kadrlarni to‘g‘ri tanlash;
buyruqlar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
topshiriqlar va deriktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.
Tashkiliy-ma`muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Tashkiliy usullar boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Boshqarish funksiyalari bajarilishining:
tashkiliy barqarorligini;
intizomliligini;
muvofiqliligini;
uzluksizligini ta`minlaydi.
Ma`muriy usullardan:
iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
xavfli texnologiyalardan foydalanish,zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni taqiqlash;
odamlar sog‘lig‘iga zararli mahsulotlarni reklama qilishni taqiqlash kabi sohalarda faol foydalaniladi.
Boshqarishning tashkiliy-ma`muriy usullari ikki shaklda:
tashkiliy ta`sir ko‘rsatish usullari;
farmoyish berish usullari shaklida namoyon bo‘ladi.
Tashkiliy ta`sir ko‘rsatish turli tashkiliy choralarni, ya`ni:
ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;
ichki tartib-qoidalarni o‘rnatish;
boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasida optimallik va oqilona nisbatni o‘rnatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Farmoyish berish yo‘li bilan ta`sir ko‘rsatish barcha boshqarish bo‘limlari va organlarining ishlashini joriy ta`minlab turishdan iborat bo‘lib, bunga e`lon qilinadigan yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalar berish, yozma shakilda nashr etilgan yoki og‘zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi.