O‘zbekistonda sanoatni modernizatsiya qilish. O‘zbekistonda sanoatni modernizatsiya qilish, unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyotning barqaror o‘sishini uzoq istiqbolda ham ta'minlash imkonini beradi.
- Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta'sirida ko‘plab davlatlar iqtisodiyotida pasayish holati davom etayapti. Mana shunday sharoitda O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat u yerdagi iqtisodiy va moliya-bank tizimidagi barqarorlikdan dalolat beradi, balki mamlakatda so‘nggi yillarda qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘riligi hamda hayotga o‘z vaqtida tatbiq etilganini ko‘rsatadi.
Respublikada bank tizimining muvaffaqiyatli isloh etilishi va liberallashtirilishi Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining tadbirkorlik faoliyatini olib borish bo‘yicha “Biznes yuritish - 2016” (“Doing Business – 2016”) yillik hisobotida ham o‘z ifodasini topdi. Unga ko‘ra, oxirgi uch yilda O‘zbekiston reytingi kreditlash sharoitlari bo‘yicha birdaniga 113 pog‘ona ko‘tarildi. Ya'ni 154-o‘rindan 42-o‘ringa yuqoriladi.
Binobarin, mazkur mamlakat investitsiya kiritish uchun mintaqadagi eng qulay hudud, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor eksportbop mahsulotlarning ko‘plab turlarini hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi istiqbolli bozor hisoblanadi.
Hindistonning Xaryana shtati Savdo-sanoat palatasi. - Har qanday mamlakat ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistondek hayratlanarli natijalarni qo‘lga kirita olmaydi. Fikrimni nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingi ham tasdiqlaydi. Zero, unga muvofiq, 2014-2015 yillar yakunlari va 2016-2017 yillar prognozi bo‘yicha O‘zbekiston dunyodagi iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan beshta davlat qatoridan joy oldi.
Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish o‘sishi jadal sur'atlarda davom etmoqda. Uning YAIMni shakllantirishdagi ulushi esa Yevropadagi o‘rtacha darajaga deyarli yaqinlashib qoldi.
- O‘zbekistonning istiqbolli bozori bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega inson sifatida aytishim mumkinki, respublikada chet ellik sarmoyadorlar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilgan. Yaqin va uzoq xorijga mahsulotlar eksport qilish uchun puxta infratuzilma yaratilgan. Mamlakat mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan eng ko‘p diversifikatsiyalangan hamda gullab-yashnayotgan sanoatga ega. O‘zbekistonda boy xom ashyo bazasi va yuqori malakali kadrlar mavjud ekanligi bilan bir qatorda, siyosiy hamda makroiqtisodiy barqarorlik mustahkam qaror topgan. Bu esa davlatning yanada taraqqiy topishini ta'minlaydi. Quvonarlisi, respublika rahbariyati tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini minimallashtirish imkonini berdi.