Fayzulla Xo‘jayev hayoti va faoliyatiga oid muhim sanalar
Fayzulla Xo‘jayev – 1896 yil 1 iyulda Buxoroda tug‘ilgan
1905-1907 yillar Buxoro madrasasida o‘qigan.
1907-1912 yillarda Moskvada xususiy maktabda o‘qigan.
1912yil Buxoroga qaytgan.
1913yil Yosh buxoroliklar partiyasining a’zosi.
1913-1916 yillar Buxoroda jadidlar harakatiga qatnashadi.
1917 yil Toshkentda tuzilgan inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, «Uchqun» gazetasi muharriri.
1920 yil 14 sentyabda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati – Xalq Nozirlar Sho‘rosi tuzilib, hukumat boshlig‘i qilib saylandi.
1922 yilda ichki ishlar noziri bo‘lib ishlagan.
1920-1922yillarda BXSR tashqi ishlar noziri.
1921-1924yillarda harbiy ishlar noziri.
1922-1924yillarda Mehnat va mudofaa kengashi raisi.
1925 yilda SSSR Harbiy Dengiz ishlari xalq komissarligining O‘zbekiston SSR bo‘yicha rasmiy vakili.
1924yil noyabrda Muvaqqat ishchi dehqon hukumati raisi.
1925fevraldan 1937 yilgacha O‘bekiston SSR XKS raisi.
1932yilda O‘zSSRning ba’zi oblastlarida yirik sug‘orish inshootlari qurilishi ahvolini o‘rganish va Toshkentda paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish bo‘yicha taklif tayyorlash komissiyasining raisi.
1933yilda ilg‘or kolxozchilar I s’yezdida, VKP (b) Markaziy Komiteti O‘rta Osiyo byurosining paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun kurash, don muammosini hal qilish yuzasidan chaqirilgan plenumida ma’ruza qildi.
1934yilda VKP (b) XVII s’yezida, respublika chorvador va g‘allakor rayonlari ilg‘or kolxozchilar I s’yezdi ishida qatnashdi.
1935yilda O‘zSSR Sovetlarining V s’yezdi, SSSR Sovetlarining VII s’yezdi delegati, eski shaharlarni rekonstruktsiya qilishga bag‘ishlangan kengashda qatnashadi.
SSSRning yangi konstitutsiya loyihasini tayyorlash komissiyasi a’zosi.
1936yilda O‘zSSRning yangi konstitutsiyasi loyihasini tayyorlash komissiyasiga a’zo. O‘zSSR Sovet- larining VI s’yezdi va SSSR Sovetlarining favqulodda VIII s’yezdi delegati.
1937yilda O‘zSSR Sovetlarining VI s’yezdi va O‘zbekiston ziyolilarining I s’yezdida nutq so‘zladi. O‘zbekiston KP (b) VII s’yezdi ishida qatnashdi.
1937 yil 9 iyulda Fayzulla Xo‘jayev Moskvada qamoqqa olindi va otishga hukm qilindi.
1965 yil 6 martda Oliy sud harbiy kollegiyasi Fayzulla Xo‘jayevni aybsiz deb topdi va oqladi.