Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji


Shunday qilib strategik boshqarish faoliyati strategik nuqtai nazarlarni



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə25/57
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#199248
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Menejment va marketing asoslaridan ma\'ruza

Shunday qilib strategik boshqarish faoliyati strategik nuqtai nazarlarni

ta’minlashga yo’natilgan,u esa o’z navbatida o’zgaruvchan sharoitlarda korxonaning uzoq muddatli faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi.

Tijorat korxonasida strategik muammolar bilan shug’ullanuvchi

rahbar doimiy foyda potensialini ta’minlaydi.Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

-korxornada strategik o’zgarishlarni amalga oshirish;

-strategik o’zgarishlarga olib keluvchi tashkiliy arxitektonikani

ishlab chiqish;

-strategik o’zgarishlarni amalga oshiruvchi kadrlarni tanlash va

tarbiyalash.

Ctrategik boshqarishdan farqli ravishda tezkor boshqarish korxona

maqsadlariga erishish uchun mavjud bo’lgan strategik pozitsiyadan foydalanish bilan shug’ullanadi. Tijorat korxonasida tezkor boshqarish masalalari bilan shug’ullanuvchi rahbar firma potensialini real foydaga aylantirilishi lozim.Uning vazifalari quyidagilar iborat:

-umumiy tezkor masalalarni aniqlash;

-moyillik,koordinatsiya hamda bo’linma rahbarlari va ijrochilarni

nazorat qilish.

Tijorat korxonalarni boshqarish tizimi biri ikkinchisini

to’ldiruvchi ikkita boshqarish faoliyatini o’z ichiga oladi-strategik boshqarish (korxonaning kelajakdagi potensialini rivojldanishi bilan bog’liq) va tezkor boshqarish (mavjud potensialni foydaga aylantirish bilan bog’liq).Strategik boshqarish tadbirkorlik tashkiliy «hulq»ni talab qiladi, tezkor boshqarish esa o’sish «hulq»ga asoslanadi.

Strategik boshqarish tizimi biri ikkinchisini to’ldiruvchi ikkita

kichik tizimdan iborat.

1.Korxona strategiyasini tahlil etish va rejalashtirish;

2.Real vaqt mashtabida strategik muammolarni boshqarish.


2. Strategik boshqarish uslubiyoti


Strategik boshqarish uslubiyotining yuzaga kelishi va amaliy qo’llanishi birinchi navbatda korxonaning tashqi muhitida sodir bo’ladigan o’zgarishlarning harakteridan kelib chiqadigan ob’ektiv sabablardan kelib chiqadi.
1.Boshqarishni nazorat qilish asosida boshqarish.
Bunda korxonaning o’zgarishlarga voqealar sodir bo’lgandan keyin paydo bo’ladi. Bu reaktiv moslashish korxonaga ko’proq hosdir,lekin o’zgarishlarning murakkabligi, yangi strategiyani ishlab chiqish va unga tizimni moslashtirishni tushunib yetish ko’p vaqtni talab etadi. O’zgarishlar sur’atlarining o’sishi sharoitida bu ma’qul emasdir.
2.Ekstropolyatsiya asosida boshqarish.
O’zgarishlar sur’ati tezlashadi,lekin oldingi tendensiyalarni ekstropolyatsiya qilish yo’li bilan kelajakni ko’ra olish mumkin (uzoq muddatli rejalashtirish). Ekstropolyatsiya mantiqan o’tgan davrdagi qonuniyatlarni kelgusi istiqbolga o’tkazishni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda ekstropolyatsiya tabiatan istiqbol amalidagi holatdan kelib chiqadi va rejaga nisbatan yaxshi bo’linishi taxmin qiladi. Shu xususiyatga asosan kelajakni ekstropolyatsiya uslubi orqali bashorat qilish samarali bo’lishiga katta umid qilinadi.
3.O’zgarishlarni oldindan ko’ra olish asosida boshqarish.
Kutilmagan hodisalar ro’y bera boshlaydi va o’zgarishlar darajasi tezlashadi, lekin unchalik darajada emaski,bo’lajak qonuniyatlarni oldindan ko’ra olish va tegishli strategiyani ishlab chiqish yo’li bilan ularga hozir javoblikni aniqlashni o’z vaqtida iloji bo’lmay qolsa (strategik rejalashtirish).
4.Tezkor yechimlar qabul qilish asosida boshqarish.
Hozirgi vaqtda,ko’p sonli muhim masalalar shunchalik tez paydo bo’lmoqdaki,ularni o’z vaqtida ko’ra olish mumkin bo’lmaydigan sharoitlarda shakllanayapti (strategik boshqarish).



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin