"navoiyazot" aksiyadorlik jamiyati oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi



Yüklə 48,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.05.2022
ölçüsü48,52 Kb.
#58272
Navoiyazot aksiyadorlik jamiyati - Vikipediya



Navoiyazot

aksiyadorlik

jamiyati

"NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi.

"Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Navoiy shahrida joylashgan.

Korxonada ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi, sirka

kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda. Bundan tashqari, 70 dan ortiq

turdagi mahsulotlar, organik va noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral

oʻgʻitlar, turli xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) ishlab chiqarish maqsadlarida

tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik

soda, osh tuzi va boshqa asosiy ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.

3-d 1964-yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili kuchsiz azot kislotasi

ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat foydalanishga topshirildi. 1965-yildan ammiak

korxona toʻliq hajmda ishlashga oʻtdi.

Xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida korxonada nitron — "sunʼiy jun" tolasi ishlab

chikaruvchi zavod kurilib, 1971-yilda ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va

boshqa sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan "sunʼiy jun" ishlab chikariladi. 1965— 75 yillarda

ammiak va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi. 2001-yilda

Germaniyaning "Lurgi Xemnits GmBX" firmasining ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy

uskunalar bilan jihozlangan xlor, oʻyuvchi soda, xlor kislotasi va natriy gipo-xlorit ishlab chiqarish




yoʻlga qoʻyildi. Birlashmada xlorni qayta ishlab polivinilxloridga aylantirgan holda kaustik soda

ishlab chiqarish boʻyicha 2-navbat sexini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

"N." a.j. mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston,

Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-yilda

"Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002-yilda "Navoiyazot" ochiq aksiyadorlik

jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 11 mingga yaqin muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat

qiladi (2003).

Rixsivoy Yoqubov.

[1]

1. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Navoiya

zot_aksiyadorlik_jamiyati&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Navoiyazot_aksiyadorlik_jam

iyati&oldid=2397473

" dan olindi



Manbalar

Yüklə 48,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin