Navoiyazot
aksiyadorlik
jamiyati
"NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi.
"Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Navoiy shahrida joylashgan.
Korxonada ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi, sirka
kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda. Bundan tashqari, 70 dan ortiq
turdagi mahsulotlar, organik va noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral
oʻgʻitlar, turli xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) ishlab chiqarish maqsadlarida
tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik
soda, osh tuzi va boshqa asosiy ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.
3-d 1964-yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili kuchsiz azot kislotasi
ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat foydalanishga topshirildi. 1965-yildan ammiak
korxona toʻliq hajmda ishlashga oʻtdi.
Xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida korxonada nitron — "sunʼiy jun" tolasi ishlab
chikaruvchi zavod kurilib, 1971-yilda ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va
boshqa sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan "sunʼiy jun" ishlab chikariladi. 1965— 75 yillarda
ammiak va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi. 2001-yilda
Germaniyaning "Lurgi Xemnits GmBX" firmasining ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy
uskunalar bilan jihozlangan xlor, oʻyuvchi soda, xlor kislotasi va natriy gipo-xlorit ishlab chiqarish
yoʻlga qoʻyildi. Birlashmada xlorni qayta ishlab polivinilxloridga aylantirgan holda kaustik soda
ishlab chiqarish boʻyicha 2-navbat sexini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
"N." a.j. mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston,
Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-yilda
"Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002-yilda "Navoiyazot" ochiq aksiyadorlik
jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 11 mingga yaqin muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat
qiladi (2003).
Rixsivoy Yoqubov.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Navoiya
zot_aksiyadorlik_jamiyati&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Navoiyazot_aksiyadorlik_jam
iyati&oldid=2397473
" dan olindi
Manbalar