ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado yuz ganch ila.
Muqaddas kitoblarda aytilganidek, bobomiz ham ota-ona
O`quvchi: Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano qoshig’a.
Tunu-kuningga aylagin nur bosh
Birisin oy ayla , birisin quyosh.
Deb e’zozlashga chaqirganlar.
O`quvchi: Tong saharlar ko’kka boqsam mahliyo bo’lib,
Yuragimda nurlar oqar kuyga jon bo’lib.
,,Qaro ko’zim”, hamda mashhur ,,Munojat’’ bo’lib
Anglarmanki, mangu so’nmas bir siymo bo’lib
Samo uzra kulib turar Navoiy bobom,
Yurtim uzra kezib yurar Navoiy bobom.
O`quvchi:
O’tar yana necha yillar, necha asrlar
Istiqlolning zo’r farzandi qurar qasrlar
Hamon mangu porlayverar she’riy satrlar-
Mir Alisher qalamidan yaralgan durlar
Zamonlarning bag’rin tilib o’tgandek nurlar
Asrlardan o’zib borar Navoiy bobom
Yurtim uzra kezib yurar Navoiy bobom.
2- boshlovchi: A.Navoiyning o’lmas asarlari, yaratgan
durdonalari avloddan avlodga meros sifatida o’tib,
mustaqilligimizni mustahkamlaydi.
1- boshlovchi: Donolarning donosi bobomizning yaxshi
xislatlarini, buyuk ishlarini sanab o’tsak tugatib bo’lmaydi.
Bugun oz bo’lsa ham Navoiy bobomiz ruhini shod eta
olgan bo’lsak, o’zimizni baxtiyor deb hisoblaymiz.
2- boshlovchi: Navoiy bobomiz-bizning bobomiz,o’zbek
xalqinimng buyuk shoiridir, biz ham Navoiy bobomizdek
o’qish, ilm olish chin inson bo’lishga harakat qilamiz.
O`quvchi:
Hazrat bobo esladik biz.
Dillar quvonchga to’ldi.
Bobom ruhi madadkordir
Ko’zlar ziyoga to’ldi.
O`quvchi:
Sabog’ingiz boshlarga toj,
Hech o’chmasin shamingiz
Yillar osha yashnayversin
Ijodingiz, nomingiz.
Raqs: Dilxiroj. Bolalar.
1- boshlovchi: Hazrat Navoiy eldan yordamlarini ayamasdilar.
Ular Hirotda bir qancha mashhur oromgohlar, madaniyat
koshonalari bunyod etganlar. Hazrat shaxsiy mablag’lariga
ko’pgina xonagohu madrasalar, 9ta hammom 14ta masjid
qurdirganlar. Hatto masjid qurilishida Alisher Navoiyning
o’zlari ham choponlari qatini qayrib qo’yib ishlaganlar.
2- boshlovchi: O’zbek xalqining ulug’ shoiri va mutaffakiri
A.Navoiy Jahon madanyati hazinasiga katta hissa qo’shgan.
Uning nomi va ijodiy merosi biz uchun g’oyat tabarrukdir.
O`qituvchi: Siz mana shunday buyuk zotlar yashab o’tgan
O’zbekiston deya atalmish go’zal diyorda o’sib katta
bo’moqdasiz. Men sizlarga Alisher Navoiydagi o’tkir
zehinlikni, o’ta odoblikni tilayman.Shoyat sizlarning
orangizdan ham shunday ulug’ insonlar yetishib chiqishiga
tilakdoshman.
1-boshlovchi: Shu bilan bugungi tarbiyaviy soatimiz o’z
nihoyasiga yetdi.
2-boshlovchi Rahmat sog’-salomat bo’linglar!