Kitob berilishining statistik xisobi: bosma nashrlar va boshqa materiallarning qanchasi, bilimlarning qaysi soxalari kitobxon tomonidan foydalanildi, degan savolga javob beradi. Bu ijtimoiy mutolaa kodamlari va kutubxonachi mehnatining maxsuldorligini xarakterlaydi. Kitob berilishi jamoaning madaniy saviyasi to‘g‘risida va kutubxona fondidan foydalanish to‘g‘risida fikr yuritish uchun muxim mezondir.
Kitobxon formulyaridagi yozuvlar yoki kitobxon biletiga qo‘yilgan kitob formulyarlari kitob berilishini xisobga olishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Kitob va jurnallar berilishi birligi qilib- alohida nushalar, muqovalanadigan jurnallar uchun- muqovalar soni, muqovalanmagan yoki “qalin” jurnallar uchun - nomerlar soni olinadi.
Kitob berilishini xisobga olish uslubidagi muammo masalalaridan biri abonement va o‘quv zallari bo‘yicha kitob berish miqdorini jamlashga yo‘l qo‘yish mumkinmi, degan masaladir. Moxiyatiga ko‘ra bu kitob berilishlari bir xil emas. Abonementda berilgan 100 ta kitobning aksariyat qismi to„la o„qib chiqiladigan bo„lsa, o„quv zalida ham shuncha miqdorda berilgan kitoblarning birontasi ham odatda kitobxonlarning zalga bir martalik qatnashida o„qib chiqilmaydi.
Ammo amaldagi qoidalarga ko„ra, bu miqdorlar birga jamlanadi. Statistikaning ana shu kabi ma’lumotlari bilan taqqoslash mumkin bo„lgan ko‘rsatkichlarni olish uchun kitob berishning umumiy( jamlangan) soni ko„rsatiladi va ayni vaqtda: shu jumladan, abonement va o„quv zali bo„yicha deb ajratib ko„rsatish tavsiya etiladi.
Kutubxona statistikasining muxim ko„rsatkichlaridan biri kutubxonaga qatnashning statistik xisobidir.
Kitobxonning kutubxona binosiga kitob almashtirish yoki adabiyotlar o„qish uchun, kitobni qaytarish yoki foydalanish muddatini uzaytirish uchun, bibliografik ma’lumot olish yoki katalog bilan ishlash uchun kelishi kutubxonaga qatnash xisoblanadi. Kutubxonalarda abonement va o„quv zaliga qatnashni kun davomida kelgan kitobxonlar formulyarlarini sanab chiqish usuli bilan aniqlanadi. Kirish uchun nazorat varaqalari beriladigan o„quv zallariga qatnovchilar soni almashtirilgan talonlar bilan xisoblab chiqiladi.
Ko„rgazmalar (abonementda, o„quv zallarida, kutubxonaning boshqa joylarida tashkil qilinadigan mavzuli, yangi kitoblar va boshqalar) soni; adabiy kechalar, kitobxonlar konferentsiyalari ( shunga o„xshash tadbirlar); abonement va boshqa bo„limlarda o„tkaziladigan bibliografik obzorlar miqdori ommaviy ishlar statistik xisobini asosini tashkil etadi. Ommaviy ishlar ko„rsatkichlari kutubxonalarning adabiyotlar targ„ibotidagi faolligini xarakterlaydi.