Yillik fondni o„sishini xisoblab chiqish faqat komplektlashni rejalashtirish uchungina emas, balki xosila miqdorini- kitobga ishlov berilishi lozim bo„lgan miqdorni ( nomda va nusxada) xisoblash uchun ham, kataloglarning har xil turlari uchun ham, kartochkalar miqdorini xisoblash uchun ham muximdir.
Adabiyotlarga ishlov berishko‘rsatkichlarini xisoblash yirik
kutubxonalari uchun qiziqarlidir.U ishning mazkur bo‘limi hajmini aniqlash va shtatlar jadvalini asoslash uchun zarurdir. Ishlov berilishi lozim bo‘lgan material miqdori va ularning tarkibi, olishga rejalashtirilayotgan kitoblarning miqdori bo‘lim ishini aniq rejalashtirish imkonini beradi.
Istiqbolni belgilashni ahamiyati, usullari va turlari.
Istikbolni belgilash - bu xayot taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish asosida u yoki bu xodisaning kelajagini oldindan ko‘rishdir. Kelajakni idrok etish istikbol, ayniqsa uzoq muddatli rejalarni ilmiy ishlab chiqish uchun muhimdir. Istiqbolni belgilash rejaning tadqiqot bazasi bo‘lib xizmat qiladi va u rejalashtirilayotgan ob’ektning rivojlantirish mumkin bo‘lgan variantlarini ko‘rsatadi. Maqsadga olib boradigan optimal yo‘lni tanlash uchun esa bu muhimdir.
Istiqbolni belgilash kelajakda mumkin bo‘lgan har xil variantlarni baxol ab borib, rejalashtirish va ilmiy-texnika taraqqiyoti, iqtisodiyot, madaniy qurilishning boshqarish darajasini muntazam oshirishdan iboratdir. Uzoq istiqbolni belgilash kelajakning mayda- chuydalarini nazarda tutolmaydi, ularni rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlarinigina belgilaydi.
Istiqbolning belgilashni vazifasi- o‘rganilayotgan xodisani rivojlantmshning asosiy yo„nalishlarini aniqlash, ularni amalga oshirish mumkin bo„lgan muddatlarini belgilash va shu bilan birga, rejalashtirish sifatini oshirishga yordam berishdir. Kutubxonachilik ishini istiqbolini belgilashda qo„yilgan vazifalar ko„lamiga ko„ra farq qiladigan quyidagi darajalarni ajratish mumkin:
-butun mamlakat ahamiyatiga ega bo„lgan kutubxonachilik muammolarni tadqiq qiladigan respublika miqyosidagi;
-region kutubxonalarining o„zaro xarakat shakli, ularni aholiga kutubxona xizmati ko‘rsatishni samarali tashkil qilish xususiyatlarini tadqiq qiladigan regional/