часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
16
avlod orzusi" kabi asarlarida jamiyatimizning ma'naviy yangilanishi hamda rivojlanishining
asosiy negizlarini bayon qilgan. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi"da har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish masalalari nazarda tutiladi.
Ushbu natijaga erishish uchun ta`lim-tarbiya jarayonining birligini ta'minlash, tarbiya
jarayonining muntazamligini chuqur o'rganish va bugungi kun talablariga javob beradigan
yosh avlodni tarbiyalash usullarini nazorat qilish lozim. Shu o'rinda " Kadrkar tayyorlash
milliy dasturi" nima degan savol tug'ilishi tabiiy. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 1997- yil
29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9-sessiyasida Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning asosiy maqsadi ta'lim sohasini
tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to'laligicha xalos etish,
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak
ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi milliy tizimni yaratishdan iborat. "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi" O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonuniga
muvofiq holda tayyorlangan.
Yetuk avlod tarbiyasi ko'p jihatdan biz ya'ni bo`lajak pedagoglarning tarbiyaviy
ishlarini tashkil etish qobiliyatimizga bog'liq. Buning uchun biz tarbiyaviy ish
metodologiyasiga tegishli bilimlarni o'z vaqtida o'zlashtirib borishimiz, ushbu sohada tajriba
va ko'nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor berishimiz lozim. Ushbu vazifani bajarish
uchun, albatta, bugungi kun talablari asosida o'quv qo'llanmalari ishlab chiqilishi talab
etiladi.
Yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirish to'g'risida gap ketganda, avvalo, ma'naviyat
tushunchasiga ta'rif berib o'tishimiz kerak. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich
Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ma'naviyat tushunchasiga
quyidagicha ta'rif beradi: "Ma`naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e`tiqodini butun
qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir".
Darhaqiqat, ma'naviyat insonni ruhan poklanishga chorlaydi. Ma'naviyatni shakllantirishda
eng yuqori o'rinlardan birini ta'lim va tarbiya egallaydi. Albatta, ta'lim-tarbiya - bu ongning
mevasidir, ammo shu bilan birga ong darajasi va uning rivojlanishini, ya'ni xalq
ma'naviyatini shakllantirish va boyitishni belgilaydigan eng muhim omil hisoblanadi.
Shuning uchun, ta'lim-tarbiya tizimini va ongni o'zgartirmasdan ma'naviyatni rivolantirib
bo'lmaydi.
Ta'lim va tarbiya haqida gap borar ekan, uning o'quv dargohlarida kelajak avlodning
poydevorlari hisoblanmish yoshlarga berilishini, boshqacha aytganda, xalqimizning keyingi
kelajagi yoshlarning qo'lidaligini hisobga olgan holda, ularga maksimum darajada ta'lim-
tarbiya berishimiz darkor. Biz bo'lajak Boshlang'ich sinf o'qituvchilari, ayniqsa, ta'lim-
tarbiya masalalariga e'tibor berishimiz darkor. Maktabda faqat ta'lim beriladi, bola
tarbiyani oilasidan oladi deya qo'l qovushtirib o'tirish bizga yarashmaydi. Ta'lim va tarbiya
to'g'risida gap borar ekan buyuk ma'rifat darg'alaridan biri Abdulla Avloniyning: "Tarbiya