Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligida (O‘RTMI) va mustaqil tarzda (TMI) amalga oshiriladi.
O‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlarini bajarish shakllari Ushbu fanda me’yorlashtirilmaydigan O‘RTMI shakllari rejalashtirilgan bo‘lib, Ular har bir amaliy mashg‘ulot bo‘yicha yakuniy hisobot shaklida qabul qilinadi. O‘RTMI amaliy mashg‘ulotda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Har bir amaliy mashg‘ulotdan so‘ng masofaviy ta’lim platformasida O‘RTMI uchun o‘qituvchining maslahat darslari tashkil etiladi.
Ushbu fanda quyidagi O‘RTMI shakllarini qo‘llash nazarda tutilgan:
Q/A (savollarga cheklangan hajmda javob yozish).
Chart (jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish).
Link (Internet-havolaga annotatsiya yozish).
SWOT (muammoni SWOT-tahlil qilish).
Interview (boshqalarning muammoga nisbatan fikrini o‘rganish).
Keys stadi (Talabalarni qaror qabul qilishga o‘rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‘rganish)
Mini keys (Kichik hajmdagi mummoli vaziyatlar echimi amalga oshirish)
Ushbu mustaqil ish shakllariga o‘qituvchi tomonidan hech qanday ko‘rsatma berilmaydi va baholanmaydi, balki talabaning o‘zi qiziqishlaridan kelib chiqib ularni amalga oshiradi. Shuni qayd etish lozimki, bu turdagi TMIlar baholanmaydi. Fanni o‘qitishda quyidagi TMI shakllari qo‘llaniladi: Research. Talabalar internetdan va boshqa manbalardan mustaqil ravishda ma’lumot izlashadi va tarqatma materiallarni o‘rganishadi. Har bir ma’ruza bo‘yicha kamida 2 soat shug‘ullanish maqsadga muvofiq.
Forum. Talabalar fan mashg‘ulotlari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish mobaynida masofaviy ta’lim platformasida o‘zaro muloqot qilishadi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi.
FAQ (ko‘p beriladigan savollar forumi).Talaba o‘z muammosi bo‘yicha maslahat olish uchun masofaviy ta’lim platformasida maslahat tizimiga (glossariyga) yoki o‘qituvchiga murojaat qiladi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi.
4)Test. Talaba berilgan mavzu bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlash uchun masofaviy ta’lim platformasida joylangan 20 ta testlarni ishlaydi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi
Talabaning mustaqil ishi bajarish joyiga va usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
-auditoriyada bajariladigan
-auditoriyadan tashqarida bajariladigan
-yozma bajariladigan
Bajariladigan topshiriq mazmuniga ko‘ra
Fanning alohida topshirilariga berilgan mavzu bo‘yicha referat, ma’ruza, ocherk yozish, fan bo‘yicha illustrativ material tayyorlash, ilmiy krossvordlar tuzish, mashq va masalalar yechish, matnni tarjima qilish, jadvallar tuzish, grafik isharni bajarish, kurs ishlari va loyixalarini bajarish, ilmiy –nazariy, ilmiy-amaliy anjuman, olimpiadalarga, tanlovlarga tayyorlanish, tanlangan mavzu bo‘yicha insho yozish.